Breaking News

Isroil Sharqiy Quddusda yana qurilish rejalayapti


"Bu esa Falastin davlati yaralishi yana ortga suriladi degani".
"Bu esa Falastin davlati yaralishi yana ortga suriladi degani".

Isroil Quddusda yahudiylar uchun yangi mahallalar qurishni rejalayapti. Bu esa arab va yahudiylar o'rtasida adovatni yanada alanga oldirishi aniq.

Isroil, xususan, Sharqiy Quddusning bahsli qismida, Falastin ahli o'z davlati uchun mo'ljallagan yerda mingta yangi imorat qurmoqchi.

Isroil tomonidagi "Peace Now" (Tinch zamona) harakati vakili Yarix Openxaymerning aytishicha, qurilish rejasi tinchlik muzokaralariga ziyon qiladi.

"Hukumat yangi posyolkalar bunyod etishni rejalab, o'sha atrofdagi ahvolni kelasi bir necha yilga o'zgartirib yuboradi. Bu esa Falastin davlati yaralishi yana ortga suriladi degani", - deydi u.

Joriy yilda Isroil va G'azoda hukmron HAMAS guruhi 50 kun shafqatsizlarcha urush qildi. O'rtada ziddiyat nihoyatda tarang bo'lib turgan paytda qurilishlar haqida xabar keldi.

Arab mahallalarida deyarli har kuni to'polon - tosh ko'targan yoshlar Isroil politsiyasi bilan kunda olishadi. Jamoat mulki talon-taroj qilinadi.

O'tgan haftada falastinlik bir shaxs Quddusdagi temir yo'l bekatiga mashinasi urgan. Bir bolani o'ldirib, yana bir necha kishini jarohatlagan edi. Politsiya voqeani "terrorchilik amaliyoti" deya ta'rifladi.

Posyolkalar tarafdori Yisrael Meydad esa qurilishdan mamnun va Bosh vazir Benyamin Netanyaxuni ichki va tashqi bosimga qarshi turib bera olgani uchun maqtaydi.

Qo'shma Shtatlar Isroilni har qanday yangi bunyodkorlik rejalaridan tiyilishga undab, buni Falastin bilan tinchlik muzokaralariga to'siq deya tanqid qiladi. Falastin ma'muriyati esa Isroilni xalqaro qonunlar bilan jazolashga loyiq "jinoyatlar"ni sodir etayotganlikda ayblaydi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG