Sharqiy Quddusda Falastin ahli chorshanba kuni o’ldirilgan o’smirni dafn etar ekan, hududda namoyishlar kutilayapti.
Arab bola qasos qurboni ekani taxmin qilinadi. O’tgan hafta hududda isroillik uch o’smirning jasadi topilgan edi.
Falastinliklar ham, Isroil tomoni ham namoyish qilib, mojaroda bir-birini ayblaydi.
Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu odamlarni tinchlanishga undayapti va javobgarlar jazolanishini aytayapti.
17 yoshli Muhammad Abu Xudayrning jasadi chorshanba kuni Quddus o’rmonida topilgan edi. Bu orada, isroillik va falastinlik ota-onalar o’rtadagi adovatni bas qilishga, zo’ravonlikdan tiyilishga undamoqda.
Falastin rasmiylari o’smir bolaning o’limida isroilliklarni ayblaydi. Sal oldin G’arbiy sohilda isroillik uch o’spirinning o’ligi topilgan, voqeada G’azoda hukmron HAMAS gumon qilingan edi.
Oq uy har ikki voqeadan afsus bildirib, o’zaro ziddiyatga berilmaslikka da’vat etayapti.