Breaking News

Sharqiy Quddusda arab bola o'ldirilgan, Isroil-Falastin ixtilofi kuchaymoqda


G'azo shahri Isroil havo hujumidan so'ng, 3-iyul, 2014-yil
G'azo shahri Isroil havo hujumidan so'ng, 3-iyul, 2014-yil

Quddus sharqida bir arab bolaning kuygan jasadi topilgach, falastinliklar Isroil janubiga G’azodan snaryad ota boshladi. Isroil ham javob havo hujumini berdi. Sektorda HAMAS ga tegishli 15 joy nishonga olindi, deyiladi Isroil armiyasi bayonotida. Falastin rasmiylariga ko’ra, 10 odam jarohat olgan.

Isroil hududiga 20 ga yaqin snaryad otilgan. Aksariyati urib tushirilgan, ikkisi Sderot shahridagi bir necha uyga tekkan, hech kim zarar ko’rmagan. Isroil armiyasi G'azo bilan chegarada qo'shinlarni ko'paytirmoqda.

Isroil 17 yashar Muhammad Abu Xudoyorni kim o’g’irlab, jasadini o’rmonga tashlab ketganini tergov qilmoqda.

Falastin rasmiylari bu ishda mahalliy yahudiylarni ayblamoqda. Ular G’arbiy Sohilda o’g’irlanib, jasadi topilgan uch yahudiy o’smirning o’limi uchun qasos olgan, deydi rasmiylar.

Isroil uch yoshning o’limida HAMAS ni ayblagan, biroq harakat bu ishda qo’li borligini inkor etmoqda.

Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu falastinlik bolaning o’limini qoralab, barcha tomonlarni bosiqlikka chaqirdi. Vashingtonda Oq uy pozitsiyasi ham shunday bo’ldi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG