Breaking News

Isroil G'azoga havodan zarba berdi


Isroil hujumida halok bo'lgan falastinlik janozasi, 9-dekabr, 2017-yil
Isroil hujumida halok bo'lgan falastinlik janozasi, 9-dekabr, 2017-yil

Isroil Falastinning G'azo mintaqasiga havo hujumini uyushtirdi. Zarba G'azodan otilgan raketaga javoban amalga oshirilgani aytilmoqda. Isroil hujumi natijasida ikki kishi halok bo'lgan. So'nggi zo'ravonliklar AQSh Prezidenti Donald Tramp Quddusni Isroil poytaxti sifatida tan olishi ortidan yuz bermoqda.

Hamas hujumda ikki nafar vakili halok bo'lganini e'lon qildi.

Isroil armiyasi bayonotiga ko'ra, hujumdan maqsad ikkita qurol ishlab chiqaruvchi inshoot, qurol-yarog' ombori va harbiy postni yo'q qilish bo'lgan.

Juma namozi ortidan dunyoning ko'plab musulmon mamlakatlarida AQSh va Isroilga qarshi ommaviy namoyishlar bo'lib o'tdi.

Turkiyada AQShga qarshi o'tkazilgan namoyishlar, Istanbul, 9-dekabr, 2017-yil
Turkiyada AQShga qarshi o'tkazilgan namoyishlar, Istanbul, 9-dekabr, 2017-yil

Isroil va G'azo chegarasida yuz bergan to'qnashuvlarda Mahmud al-Masriy ismli 30 yoshli falastinlik o'ldirilgan.

Isroilning G'azoda amalga oshirgan havo hujumlarida yana kamida 15 kishi yaralangan.

Isroil askarlari bilan to'qnashuvda yaralangan falastinlik namoyishchi
Isroil askarlari bilan to'qnashuvda yaralangan falastinlik namoyishchi

Juma kuni Iroq, Iordaniya, Suriya, Pokiston, Livan, Malayziya va Indoneziya kabi davlatlarda ham namoyishlar bo'lib o'tdi.

Arab ligasiga a'zo davlatlar rasmiylari bugun uchrashib, mavzu yuzasidan muzokara o'tkazishi kutilyapti.

Vashington qarorini qoralayotganlar orasida AQShning yaqin ittifoqchilari ham bor. BMT Xavfsizlik kengashi o'tkazgan favqulodda yig'inda Tramp qarori yuzasidan norozilik bildirildi.

"Bu ish xalqaro huquq va BMT Xavfsizlik kengashi rezolyutsiyalariga zid, - dedi Shvetsiyaning tashkilotdagi elchisi Oluf Skug. - Quddus masalasi tomonlar o'rtasidagi muzokaralar orqali hal qilinishi kerak".

Britaniyada ham AQSh elchixonasi oldida norozilik namoyishlari bo'lib o'tdi, London, 9-dekabr, 2017-yil.
Britaniyada ham AQSh elchixonasi oldida norozilik namoyishlari bo'lib o'tdi, London, 9-dekabr, 2017-yil.

Britaniya elchisi Metyu Raykroftning aytishicha, Quddus shahri muzokaralar natijasida Isroil va Falastinning birgalikdagi poytaxti bo'lishi kerak.

Xavfsizlik kengashi a'zolari tinchlik jarayoni xavf ostida qolganini aytib Tramp qarorini tanqid qildi. Ular, shuningdek, AQSh qarori ekstremistlar va radikallar faoliyati kuchayishiga turtki bo'lishidan xavotirda.

Germaniyaning Berlin shahridagi AQSh elchixonasi oldida o'tgan namoyishlar
Germaniyaning Berlin shahridagi AQSh elchixonasi oldida o'tgan namoyishlar

Xitoy ham Quddus masalasini o'zaro muloqot yo'li bilan hal qilishga chaqirdi. Mamlakat Tashqi ishlar vaziri Vang Yiga ko'ra, ikki davlatchilik Falastin muammosi uchun hanuz eng yaxshi yechimdir.

Oq uyga ko'ra, AQSh elchixonasini Quddus shahriga ko'chirish Vashingtonning tinchlik muzokaralaridan chiqayotganini bildirmaydi.

Falastin rasmiylari esa endi AQShning muloqotlarda xolis vositachi bo'la olmasligini aytmoqda.

Turkiyaning Istanbul shahrida juma namozidan so'ng AQSh va Isroilga qarshi o'tkazilgan namoyishlar, 8-debakr, 2017-yil.
Turkiyaning Istanbul shahrida juma namozidan so'ng AQSh va Isroilga qarshi o'tkazilgan namoyishlar, 8-debakr, 2017-yil.

Hozircha AQShdan boshqa hech bir davlat elchixonasini Quddusga ko'chirish niyatida emas. Tramp Quddusni Isroil poytaxti sifatida tan olishi ortidan shaharda elchixona uchun yangi bino qurish, uning arxitekturasini yaratish bo'yicha zudlik bilan ko'rsatma berganini aytdi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG