Turkiyaning Istanbul shahrida bir kishi o'zini portlatib, besh odamning hayotiga zomin bo'lgan. 36 kishi yarador, ayrimlarining ahvoli juda og'ir.
Rasmiylarning aytishicha, shanba kungi portlash gavjum Itiqlol ko'chasida sodir etilgan.
Turkiya yaqinda poytaxt Anqarada ro'y bergan portlashlardan hali o'ziga kelmagan. 13-mart kungi bu xurujni kurd isyonchilari sodir etganini da'vo qilmoqda. O'shanda 37 kishi, jumladan, ikki nafar hujumchi jon bergan edi.
Jarohat olganlarning 12 nafari chet el fuqarolari.