Breaking News

Anqaradagi xurujda kurd jangarilari ayblanmoqda


Turkiya hukumati yakshanba kuni poytaxt Anqarada sodir etilgan xurujlarda kurd jangarilarini ayblamoqda. Tergovchilarga ko’ra, 37 odamni nobud qilgan qonli voqeaga bir erkak va bir ayol qo’l urgan.

Hozircha xurujni hech kim o’z bo’yniga olmagan, ammo Bosh vazir Ahmat Dovuto’g’lining aytishicha, dalillar xuruj ortida Turkiyada man qilingan Kurdiston ishchilar partiyasi turganiga ishora qilmoqda.

Bosh vazirga ko’ra, xurujga bevosita aloqadorlik aybi bilan 11 odam hibsga olingan.

Prezident Rajab Toyip Erdog’an Turkiya qonunchiligida terrorizm ta’rifiga o’zgartirish kiritishni taklif etdi.

"Qo’liga qurol olgan terrorchi hamda o’z mansabi va lavozimidan foydalanib, terrorchilarga maqsadlariga erishishda yordam berganlar o’rtasida farq yo’q. Bunday odamlar akademik bo’lishi mumkin, qonunchi, yozuvchi, jurnalist yoki nodavlat tashkilot rahbari. Ular ham terrorchi”, - dedi Erdog’an.

So’nggi bir oyda poytaxt Anqarada ikki bor xuruj sodir etilib, har ikkisida hukumat kurd isyonchilarini aybladi. Dushanba kuni Turkiya harbiy samolyotlari Iroq shimolida kurd jangarilarini, ularga tegishli qurol-yarog’ omborlarini, bunkerlarini nishonga olgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG