Breaking News

Turkiya Istanbul xurujida "Islomiy davlat"ni aybladi


Turkiya hukumati shanba kuni Istanbulda sodir etilgan xurujda "Islomiy davlat" terror guruhini aybladi.

Ichki ishlar vaziri Efkan Alaning aytishicha, to'rt kishini nobud qilgan xurujni Gaziantep viloyatida yashagan 24 yashar Mehmet O'zturk amalga oshirgan. Uning o'zi ham voqea paytida o'lgan.

Rasmiylarga ko'ra, xurujga aloqadorlik gumoni bilan besh odam hibsga olingan.

Istiqlol maydonida qurbon bo'lganlar orasida uch nafari isroillik va biri eronlik. Isroilliklarning ikkisi AQSh fuqaroligiga ham ega.

Iyul oyidan beri Turkiyada olti xuruj sodir etilgan bo'lsa, jami 200 dan ziyod odam o'lgan. Hukumat hujumlarning ba'zilarini "Islomiy davlat"dan ko'rgan bo'lsa, boshqalarini kurd jangarilaridan ko'rdi.

Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu Istanbuldagi xurujda uning vatandoshlari ataylab nishonga olinganmi, yo'qmi, buni aniqlashni xavfsizlik xodimlariga yuklagan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG