Italiya hukumati o'z sohillari yonida ekipaj tomonidan tashlab qochilgan, bortida yuzlab migrantlar bor kemani o'z qaramog'iga oldi.
Hafta boshidan beri Italiya rasmiylari shunga o'xshash ikkinchi kemani qutqarishi.
Siyerra-Leone bayrog'i qadalgan kemada ekipaj a'zolari bo'lmagan va yoqilg'i tugab dengizda sarson qolayotgan bo'lgan.
Unda chamasi 450 odam, jumladan, ayollar va bolalar borligi aytiladi. Aksariyati suriyalik qochqinlar.
Chorshanba kuni ham Italiya ma'murlari 700 ziyod migrant ketayotgan boshqa bir kemani qutqargan edi.
Moldovada ro'yxatdan o'tgan bu kema rulida ham hech kim bo'lmagan. Migrantlarning ko'pi suriyalik va kurd qochqinlari edi, deydi rasmiylar.