Breaking News

AQSh suriyalik qochqinlar uchun 500 million dollar ajratmoqda


Suriyalik qochqinlar, Ummon yaqinidagi Azraq lagerida, 19-avgust, 2014-yil
Suriyalik qochqinlar, Ummon yaqinidagi Azraq lagerida, 19-avgust, 2014-yil

AQSh davlat kotibi bir mamlakatdan boshqasiga safar qilib, ularni jihodchilarga qarshi koalitsiyaga qo’shilishga undamoqda. Kerri o’tgan hafta arab davlatlari va Turkiyada bo’ldi. AQsh Anqaraga Turkiya va Suriyaga qo’shni mamlakatlar hududidagi suriyalik qochqinlar uchun 500 million dollar miqdorida yordam taklif etdi.

Bugunga kelib Turkiya, Iroq, Livan, Misr va Iordaniyada uch milliondan ziyod suriyalik jon saqlamoqda. Qo’shma Shtatlar uyini tashlab qochgan, ammo Suriyaning o’zida qolgan fuqarolarga ham yordam beriladi, demoqda.

Yordamni muhtojlarga yetkazishda Birlashgan Millatlar Tashkiloti rol o’ynaydi.

Xususan, ichki qochqinlar va Suriyada yashovchi falastinliklar ehtiyojlari uchun AQSh 240 million dollar, Livandagi suriyalik qochqinlar uchun 100 million dollardan sal ko’proq, Iordaniyadagi qochqinlar uchun 56 million dollardan oshiq, Turkiyadagilarga 48 million dollar, Iroqdagilarga salkam 30 million dollar va Misrdagi suriyalik qochqinlar uchun 15 million dollar ajratiladi.

2011-yilda Suriyada fuqarolik urushi boshlanganidan beri Qo’shma Shtatlar gumanitar yordam uchun 2,9 milliard dollar ajratgan.

Kerri Turkiyadan o’z hududi orqali Suriya va Iroqqa jangarilar oqimini to’xatishni so’ragan.

Anqara Jiddada arab davlatlari bilan kelishilgan qo’shma bayonotni imzolashdan bosh tortdi. Unda jihodchilarga qarshi harbiy harakatlarni muvofiqlashtirish haqida so’z boradi.

Kerrining aytishicha, Turkiya ayrim masalalarni o’zi uchun oydinlashtirib olmaguncha koalitsiyada faol bo’lmoqchi emas.

Aytish joiz, Islomiy davlat qo’lida bir necha turk fuqarosi bor. Anqara Iroq kurdlarining bu mojarodagi rolini ham o’rganmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG