Xitoy va Yaponiya Sharqiy Xitoy dengizida orol talashib, bir-biriga nisbatan xusumati kuchaymoqda. AQSh prezidenti Osiyo va Tinch okeani mintaqasini Qo’shma Shtatlar manfaatlari uchun muhim deb bilar ekan, ikkinchi muddatga kirishgan Barak Obama bunday sharoitda qanday yo’l tutishi mumkin?
Yaponiya shikoyatiga ko’ra, Xitoy hududda uning kemalari va samolyotlarini radarga olgan. Yaponiya Bosh vaziri Shinzo Abe voqeadan g’azabda. Uning aytishicha, bu hol qayta takrorlansa, harbiy to’qnashuv yuz berishi mumkin.
"Yaponiya va Xitoyning orollar bo’yicha muzokara qilishiga xayrixohlik sezilayotgan bir paytda Xitoyning bu kabi bir tomonlama provokatsiyasi xavotirga molik", - dedi bosh vazir.
Pekin o’ziniki deb bilgan hududga Tokio kema va samolyotlarini yuborib, ziddiyatni kuchaytiryapti, deydi.
Xitoy Tashqi ishlar vazirligi vakili Xua Chunyinning aytishicha, Yaponiya ataylab yolg’on ma’lumot tarqatib, Xitoy obro’sini to’kishga, ziddiyatlarni keltirib chiqarib, xalqaro hamjamiyatning bu masala bo’yicha fikrini o’z foydasiga og’dirishga harakat qilmoqda.
"Yaponiyaning asl niyatini bilmas ekanmiz, ogoh bo’lishga majburmiz", - deydi Xitoy rasmiysi.
Vashingtondagi Kato tahlil instituti eksperti Jastin Loganning aytishicha, vaziyat juda qaltis.
"Xitoy va Yaponiyaning harakatlari va bayonotlaridan bir-biri bilan yoqalashishga tayyor ekanini sezsa bo’ladi. Biroq talashayotgan narsalari urush qilishga arzimaydi, aksincha, harbiy mojaro ikkisiga qimmatga tushadi", - deydi Logan.
Tahlilchi nazarida, har ikki tomon munozaraga millatchilik kayfiyatini qo’shib, vaziyatni yanada keskinlashtirmoqda.
"Bu oddiy bir munozara emas. Tarixiy omillar aralashgan, tamoyillar to’qnashgan", - deydi Logan.
Obama ma’muriyati tarafkashlik qilmaymiz va masalaning u yoki bu tomon foydasiga hal bo’lishini istamaymiz, deydi.
AQSh Davlat kotibi Jon Kerrining aytishicha, bu Oq uy ma’muriyatining Osiyo va Tinch okeanidagi muammolaridan biri.
"Xitoyning o’zi bir masala. Muammolarga yechim topish uchun astoydil va qunt bilan harakat qilish kerak. Xitoy bilan gaplashadigan boshqa mavzular ham bor", - deydi Kerri.
Jons Xopkins nomidagi universitet eksperti Rut Vejvudning aytishicha, Xitoyning Sharqiy Xitoy va Janubiy Xitoy dengizlaridagi da’volari maydaroq qo’shni davlatlarni AQSh bilan yaqinlashishga majburlamoqda.
"Xitoy mintaqadagi har bir davlat uchun muhim qo’shni bo’la olishi mumkin. Ammo uning hozirgi harakatlari qo’shnilarni Xitoydan bezdirayotganini tushuntirish kerak", - deydi tahlilchi.
AQSh rasmiylariga ko’ra, Xitoy yapon kemalarini radarga olib, vaziyatni yanglish baholash ehtimolini oshirmoqda, bu esa Osiyo va Tinch okeani mintaqasi tinchligi va iqtisodiy taraqqiyotiga tahdiddir.