Breaking News

Yaponiyada Amerika harbiy bazasini qurish ishlari qayta jonlandi


Okinava, Yaponiya
Okinava, Yaponiya

Yaponiyaning Okinava orolida AQSh harbiy havo bazasini qurish ishlari qayta jonlandi. Bu rasmiy Tokio uchun g'alaba deya ko'rilmoqda, chunki orol gubernatori bazani boshqa joyga ko'chirishni talab qilib qattiq tortishgan edi.

Qurilish ketayotgan yerda bugun bir necha fuqaro norozilik bildirib, ishchilarga halaqit berishga harakat qilib, namoyish qilgan.

Avgust oyida Okinava gubernatori Takeshi Onaga rasmiy Tokioga shikoyat yo'llab, AQShning Futenma harbiy bazasini ko'chirish kerak, deb chiqqan edi.

Onaga hatto Okinavaning avvalgi gubernatori imzo chekkan, baza qurilishiga ruxsat beruvchi hujjatlarni bekor qilishgacha borgan. Bunga javoban Mudofaa vazirligi Onaganing qarorini yer taqsimoti uchun mas'ul vazirlikka oshirib, uning asossiz deb topilishiga erishgan.

Okinava gubernatori taslim bo'lmoqchi emas va ishni mahalliy hukumatlar hamda Tokio o'rtasida bahsli masalalarni ko'rib chiqadigan idoraga yo'llamoqchi.

Hukumat mahalliy boshqaruv idoralari ustidan bosim o'tkazayotganiga misol bu, deydi Okinava hokimi Takeshi Onaga. U munozarani davom ettirish qarorida qat'iy.

Yaponiya va Qo'shma Shtatlar harbiy havo bazasini Okinava orolining o'zidagi Futenma tumanidan aholi kamroq yashaydigan Xenoko tumaniga ko'chirishga kelishib olgan. Futenma ahli uzoq payt bazaning shovqini, havoning ifloslanishidan arz qilayotgan edi. Amerikaning 19 ming askari Okinavada xizmat qiladi. Ular regional tahdidlarga tezkor javob qaytarish hamda tabiiy ofatlarda yordam berish uchun javobgar.

Okinava gubernatori Takeshi Onaga bazani boshqa yerga ko'chirishni talab qilmoqda.
Okinava gubernatori Takeshi Onaga bazani boshqa yerga ko'chirishni talab qilmoqda.

Bir necha fuqaro qurilish ishlaridan norozi bo'lib, namoyishga chiqqan.
Bir necha fuqaro qurilish ishlaridan norozi bo'lib, namoyishga chiqqan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG