Breaking News

Yaponiyada minglab odam bedarak ketgan, qidiruv ishlari sust


Yaponiyada minglab odam bedarak ketgan, qidiruv ishlari sust
Yaponiyada minglab odam bedarak ketgan, qidiruv ishlari sust

Salkam to’qqiz ballik zilzila va sunami asoratlari bilan olishayotgan Yaponiyada nurlanish darajasi oshib bormoqda.

Fukushima atom elektrostansiyasi qayta-qayta portlab, bugun alanga olib, yaqiniga yo’lab bo’lmay qolgan.

Avariyaga uchragan reaktorni sovutish uchun qolgan sanoqli xodimlar ham vaqtincha evakuatsiya qilingan.

Yaponiyada minglab odam bedarak ketgan, qidiruv ishlari sust
Yaponiyada minglab odam bedarak ketgan, qidiruv ishlari sust

Mahalliy televideniye ayanchli manzarani ko’rsatmoqda.

Bundanda qo’rqinchli falokatning oldini olish uchun hukumat inshootga suv ortilgan samolyotlarni jo’natgan edi.

Lekin atom stansiyasida nurlanish o’ta kuchli ekani bois rasmiylar rejadan qaytgan.

Binoga yer ostidan kirish yo’llari izlanmoqda.

Yaponiyada minglab odam bedarak ketgan, qidiruv ishlari sust
Yaponiyada minglab odam bedarak ketgan, qidiruv ishlari sust

Zavodda qolib, okeandan suv tashib, reaktorlar haroratini pasaytirishga uringan 50 mutaxassis bugun evakuatsiya qilingani ma’lum.

Nurlanish darajasi pasaygach, ular yana ishga qaytgan.

Yaponiyada minglab odam bedarak ketgan, qidiruv ishlari sust
Yaponiyada minglab odam bedarak ketgan, qidiruv ishlari sust

Rasmiylarning aytishicha, binodan 30 kilometr uzoqda radiatsiya katta emas va inson hayotiga tahdid yo’q.

Biroq aholi orasida ishonchsizlik hissi kuchli. Odamlar zavoddan, poytaxt Tokiodan uzoqroqqa ko’chish harakatida.

Yaponiya hukumati nurlanish xavfi bilan olishar ekan, Qo’shma Shtatlardan yordam so’ragan.

“Radiatsiyaga qarshi ko’rilayotgan choralar yetarli emas”, - deydi rasmiylar.

Yaponiyada minglab odam bedarak ketgan, qidiruv ishlari sust
Yaponiyada minglab odam bedarak ketgan, qidiruv ishlari sust

Reaktorga eltilgan suv tez qaynab, yaramay qolmoqda.

Natijada zaharli modda atmosferaga tarqala boshlagan. Olimlar bor kislotasini ishga solish kerak, deydi.

Yaponiyada minglab odam bedarak ketgan, qidiruv ishlari sust
Yaponiyada minglab odam bedarak ketgan, qidiruv ishlari sust

Mahalliy va chet el mutaxassislaridan iborat qidiruv-qutqaruv guruhlari Yaponiya shimoli-sharqini kezib, omon qolganlarni izlamoqda.

200 xorijlik orasida Qo’shma Shtatlar, Britaniya va Xitoy ekspertlari bor.

Juma kungi falokat natijasida yer yuzidan deyarli g’oyib bo’lgan Ofunato shahrida bugun qidiruv ishlari ketmoqda.

Yaponiyada minglab odam bedarak ketgan, qidiruv ishlari sust
Yaponiyada minglab odam bedarak ketgan, qidiruv ishlari sust

Hozircha biror kimsa topilmagan. Havo sovuq, qor yog’ib turgan bir sharoitda umid yo’q, hisob.

Ivate va Miyagi kabi sohilbo’yi viloyatlarida nima ahvol, hozircha noma’lum.

Hududga boradigan yo’llar, binolar vayrona, o’tib bo’lmas bir yerga aylangan.

Yaponiyada minglab odam bedarak ketgan, qidiruv ishlari sust
Yaponiyada minglab odam bedarak ketgan, qidiruv ishlari sust

Rasmiy hisob-kitoblarga ko’ra, 3600 odam o’lgan, 10 mingdan ziyod fuqarodan darak yo’q.

Minglab odam kasalxonada. 60 ming imorat va xonadonlar ziyon ko’rgan.

Yarim million kishi chodirlarda kun kechirar ekan, yegulik, suv va issiqlik muammo.

Yaponiyada minglab odam bedarak ketgan, qidiruv ishlari sust
Yaponiyada minglab odam bedarak ketgan, qidiruv ishlari sust

Yaponiya imperatori Akixito xalqni sabrli bo’lishga, qo’shnilar, yaqinlarga yordam berishga undamoqda.

Yaponiyada minglab odam bedarak ketgan, qidiruv ishlari sust
Yaponiyada minglab odam bedarak ketgan, qidiruv ishlari sust

Elchixonalar vaziyatni yaqindan kuzatyapti.

AQSh va Britaniya hukumatlari mahalliy rasmiylar ko’rgan choralardan ko’ngli to’q. Lekin odamlar vahimada.

Turli davlatlar vaziyatga har xil javob qilmoqda.

Fransiya fuqarolarini evakuatsiya qilish qarorida qat’iy. Avstraliyaliklarga esa Tokio tevaragini tark etish tavsiya qilingan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG