Germaniyaning muhandislik va sanoat bo’yicha gigant kompaniyasi “Siemens” yadro energiyasi sohasini butunlay tark etmoqda.
Kompaniya rahbariyati bu qarorni Yaponiyaning Fukushima zavodida mart oyida ro’y bergan halokat bilan bog’ladi.
Rasmiylar Rossiyaning “Rosatom” firmasi bilan ancha oldin rejalab qo’yilgan qo’shma loyihada ham ishtirok etmoqchi emas.
Yaponiyada taxminan 2000 odamni hayotdan olib ketgan zilzila va sunami ketidan Fukushima-Daichi energostansiyasida reaktorlar birin-ketin ishdan chiqqan, natijada butun dunyoda atom energiyasi kelajagi haqida bahslar qizigan edi.
Germaniya 2022-yilgacha o’zining barcha atom stansiyalarini yopishga qaror qildi.