Breaking News

2012-yil jurnalistlar uchun qonli davr bo'ldi


AQShning Jurnalistlarni himoya qilish qo’mitasi nodavlat tashkilotiga ko’ra, 2012-yil Suriya va yana uch davlatda jurnalistlar uchun eng halokatli davr bo’ldi.

Hisoblarga ko’ra, yil boshidan beri kamida 67 muxbir vazifasini o’tayotib nobud bo’lgan. Bu o’tgan yilgi ko’rsatkichdan 40 foiz ko’p. Shulardan 28 nafari Suriyada, 12 tasi Somalida, yetti muxbir Pokistonda, to’rt nafari Braziliyada o’lgan. Yana 30 jurnalistning o’limi tergov qilinmoqda. Aksariyati Meksikada.

Suriyada muxbirlar, asosan, mojaro paytida o’lgan bo’lsa, Somali, Pokiston va Braziliyada ularni faoliyati uchun ataylab yo’q qilishgan. Joriy yilda, shuningdek, Rossiya, Nigeriya, Eron va Filippinda bittadan muxbir nobud bo’lgan. Tashkilotning oy boshida chop etilgan boshqa bir hisobotiga ko’ra, bu yili 232 jurnalist qamalgan.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG