Breaking News

Bishkekda jurnalist Shohruh Soipov va ukalari kaltaklangan


Shohruh Soipov, "Daydjest" nomli o'zbek tilidagi gazeta bosh muharriri
Shohruh Soipov, "Daydjest" nomli o'zbek tilidagi gazeta bosh muharriri
2-dekabr soat 21:30 larda Bishkekda marhum jurnalist Alisher Soipovning ukalariga hujum qilingan.

O'shda asoslangan "Daydjest" nomli o'zbek tilidagi gazeta bosh muharriri Shohruh Soipov va uning ukalari Yusufbek va Ozodbek hamda ularning bir do'sti Qirg’iziston poytaxtida ijaraga turgan uyi oldida to'rt kishi tomonidan qattiq kaltaklangan. Militsiya chaqirgach, ular Oktabr rayon ichki ishlar bo’limiga yetkazilgan.

Shohruh Soipov bo'lgan voqea haqida
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:01:54 0:00
Yuklab oling

Shohruh Soipovning "Amerika Ovozi" ga bildirishicha, ular jiddiy jarohatlangan, badani ko’kargan, yuzlari, oyoq-qo'llari shishgan.

"Tibbiy ekspertizadan o'tayapmiz. Miyaga qanday zarba berilganini ko'rib chiqishayapti. Shokdamiz, hali o'zimizga kelganimiz yo'q. Hamma yog'imiz og'riqda", - dedi Shohruh Soipov, telefon orqali "Amerika Ovozi" ga.

Uning aytishicha, hujumchilar aka-ukalarni armaturalar bilan kaltaklagan. Hodisa joyida armatura va uyali telefon ham topilgan.

Telefon deputat Umurbek Tekebayev jiyani Azamat Tekebayevga tegishli ekani ma’lum bo’lgach, u ham ichki ishlar bo’limiga olib borilgan va so’roq qilingan.

Qirg'iziston Ichki ishlar vazirligining matbuot xizmati "Fergana" agentligiga bildirishicha, jinoiy ish qo'zg'ash masalasi hozirda hal qilinayapti, "qaysi modda bo'yicha jinoiy ish qo'zgalishini hozircha aytish qiyin". Gumon qilinayotganlarning shaxslari aniqlangani va ular ko'p o'tmay hibsga olinadi, deydi rasmiylar.

Shohruh Soipov fikricha hujum ortidagi sabab hozircha millatchilikka o'xshayapti. Lekin, deydi u, boshqa omillar ham bo'lishi mumkin. Jurnalist xulosa qilishga shoshmayapti.

Kaltaklanganlar 2007-yilda O'shda ishxonasi oldida o'tib o'ldirilgan Alisher Soipovning ukalari. Alisher "Amerika Ovozi" muxbiri edi.

Shohruh Soipov bilan yaqinda qilingan suhbatni mana bu yerda tomosha qiling.

Jurnalist Alisher Soipovni xotirlab... Five years after Alisher Saipov
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:09:44 0:00
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG