Breaking News

Qirg'izistonda jurnalist Shohruh Soipovga hujum tergov ostida


Qirg'izistonda jurnalist Shohruh Soipovga hujum tergov ostida
Qirg'izistonda jurnalist Shohruh Soipovga hujum tergov ostida

Qirg'izistonda o'zbek jurnalisti Shohruh Soipov qattiq do'pposlangan.

Parijda asoslangan "Chegara Bilmas Muxbirlar" tashkiloti Qirg'iziston hukumatidan jinoyatchilarni topib, jazolashni so'ramoqda.

Mamlakat Ichki ishlar vazirligining bildirishicha, O'sh shahrida bu borada jinoiy ish qo'zg'atilgan va qidiruv boshlangan.

Voqea 10-avgust kechki payt O'sh shahar aeroportida ro'y berib, og'ir jarohatlangan Soipov xushsiz holatda kasalxonaga olib borilgan. Shifokorlar uning xotirasiga zarar yetganini aniqlagan. Oilasining aytishicha, hozir u uyda davolanmoqda.

26 yoshli Shohruh Soipov 2007-yilning oktabrida O'shda o'ldirib ketilgan jurnalist Alisher Soipovning ukasi. U mintaqaviy axborot tahliliy portalini yuritib keladi.

Qirg'izistonda jurnalist Shohruh Soipovga hujum tergov ostida
Qirg'izistonda jurnalist Shohruh Soipovga hujum tergov ostida

Alisher Soipov uzoq yillar davomida "Amerika Ovozi" muxbiri bo'lgan va siyosiy-tanqidiy maqolalari bilan tanilgan edi.

Uning qotili kim ekani shu kungacha noma'lum. Xalqaro hamjamiyat, jumladan, Amerika chaqiriqlariga qaramay Qirg'iziston hukumati bu ishni oxiriga yetkazmagan.

Jurnalist oilasining aytishicha, tergov ishi yakunlanib, bir shaxs qamoq jazosiga hukm qilingan. Lekin Soipovlar bu odam asl qotil ekaniga ishonmaydi. Sudda bu isbotlanmagan, deydi ular.

Shohruh Soipovga qattiq kaltaklangan, lekin uning oldidagi narsalarga tegilmagan. Bu degani, deya sharhlaydi "Chegara Bilmas Muxbirlar", jurnalistni urganlar o'g'ri emas, uning ishi uchun alamini olmoqchi bo'lgan, uning og'zini yopmoqchi bo'lgan guruhlar.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG