Breaking News

Qirg'izistonda "Aalam" gazetasi o'zbek tilida ham chop etilmoqda


Bishkekda chop etiladigan qirg’izzabon “Aalam” (Аалам) ro’znomasi endi o’zbek tilida ham chiqa boshladi. Ushbu yangilik gazetxonlar tomonidan mamnuniyat bilan qabul qilingan.

Janubiy Qirg'izistonda yaqin yillargacha 10 dan ziyod o’zbek axborot vositalari bor edi. Lekin 2010-yilning iyun oyidagi qonli voqealar ketidan ularning aksariyati musodara qilindi yoki butunlay yopilib ketdi.

Xalqaro do'stlikni mustahkamlash tashabbuslari doirasida hozir ayrim nodavlat va xalqaro tashkilotlar, Qirg’iziston hukumati bilan hamkorlikda axborot maydonini kengaytirish loyihalari ustida ish boshlagan.

Janubda o’zbek aholi o’z tilida ma’lumot ola bilishi kerak, deydi mutaxassislar. “Amerika Ovozi” bu borada qalamkash Saltanat Fayzullayeva va “O’sh sadosi” muharriri Muhammadsolih Ismoilov bilan muloqotda bo’ldi.

Marhamat, tinglang:

Qirg'izistondan janubidagi manzara, 2011-2012:

XS
SM
MD
LG