Breaking News

Qirg'izistonda o'zbek tilida axborot yetishmaydi, diskriminatsiya davom etmoqda, deydi fuqaro jamiyati vakillari


Qirg'izistonda o'zbek tilida axborot yetishmaydi, diskriminatsiya davom etmoqda, deydi fuqaro jamiyati vakillari
Qirg'izistonda o'zbek tilida axborot yetishmaydi, diskriminatsiya davom etmoqda, deydi fuqaro jamiyati vakillari

Qirg’izistonda ko’zga ko’ringan nohukumat tashkilotlar va huquq himoyasi bilan mashg’ul maskanlarning rahbarlari nazarida o’zbek tilida ishonchli ma’lumot beruvchi, jamiyatdagi o’zgarishlar va mahalliy yangiliklarni xolisona yorituvchi axborot vositalari yo’qligi sabab ham vaziyat murakkabligicha qolmoqda.

Muammolar ko’p, deydi ular, lekin informatsiya yetishmaydi.

Qirg’iziston janubidagi ahvol “Amerika Ovozi”, “Ozodlik” va “Bi-Bi-Si” singari xalqaro teleradiolarning o’zbek xizmatlari diqqat markazida, ammo ularni tinglab tomosha qilish oson emas.

Ba’zida qisqa to’lqin pand beradi, ba’zida esa omma ularning dasturlari haqida to’liq ma’lumotga ega emas.

Qirg'izistonda o'zbek tilida axborot yetishmaydi, diskriminatsiya davom etmoqda, deydi fuqaro jamiyati vakillari
Qirg'izistonda o'zbek tilida axborot yetishmaydi, diskriminatsiya davom etmoqda, deydi fuqaro jamiyati vakillari

O’tgan yilning iyun oyidagi etnik fojiaga qadar O’sh va Jalol-Obodda mahalliy telekanallar, gazeta-jurnallar ancha faol edi. Kundalik axborot qirg’iz, o’zbek va rus tillarida muntazam ravishda berib borilar edi.

Jalol-Obodda inson huquqlari himoyasi bilan shug’ullanadigan “Spravedlivost” (Adolat) nohukumat tashkiloti direktori Valentina Gritsenko o’zbek aholining o’z tilida axborot olish imkoniyati juda cheklangan deydi.

“Jamoatchilik qo’shni O’zbekiston kanallarini tomosha qiladi. O’zbeklar, ayniqsa, keksa yoshdagilar orasida qirg’iz va rus tillarini biladiganlar kam. Oddiy aholi dardini hech kimga ayta olmaydi. Ular ko’chadagi mish-mishlarga tayanishga majbur. Ular yuzlashayotgan muammolarni ona tilida yoritadigan, ommani xabardor qiladigan vositalar yo’q. Bu, menimcha, g’irt adolatsizlik. Borlari ham yopilib ketdi, masalan, O’sh TV va Mezon TV singari o’zbek kanallari. Xalqaro hamjamiyat shu borada yordam ko’rsatsa, maqsadga muvofiq bo’lar edi”,- deydi u.

Qirg'izistonda o'zbek tilida axborot yetishmaydi, diskriminatsiya davom etmoqda, deydi fuqaro jamiyati vakillari
Qirg'izistonda o'zbek tilida axborot yetishmaydi, diskriminatsiya davom etmoqda, deydi fuqaro jamiyati vakillari

“O’zbekcha ma’lumot manbalari yo’qligi haqida ko’pchilik og’iz ochmaydi, chunki qo’rqishadi. Bilasizmi, odamlar bu haqda umuman gapirgisi kelmaydi. Fikrimcha, bu haqda qanchalik ochiq gapirsak, masalani muhokama qilsak, shuncha yaxshi. Shuncha yillar davomida axir birga yashab kelganmiz-ku. O’zbek maktablari, ilm va madaniyat o’choqlari bor edi-ku. Etnik hamjihatlikka erishish uchun aholining oddiy talablarini qondirish kerak-ku axir”.

“O’zbeklar Qirg’izistondagi kelajagi, taqdiri haqida shunchalar iztirob chekib o’tirganida ularning hayotini yaqindan yoritadigan biror vosita yo’qligi, nazarimda, eng chuqur kamsitish…”, - deydi faol.

Mahalliy hokimiyat, deydi Valentina Gritsenko, fojiadan saboq olmagan. Ochiqcha diskriminatsiya hamon davom etmoqda. Ba’zida sal yumshoqroq munosabatda bo’lishga, adolatli harakat qilishga urinayotgandek, ammo umuman olganda kamsitishlar tabiiy bir hol bo’lib qolmoqda.

O'zbek aholi o'z ona tilida axborot olish imkoniyatiga ega bo'lishi kerak, bu oddiy bir talab axir, deydi faollar
O'zbek aholi o'z ona tilida axborot olish imkoniyatiga ega bo'lishi kerak, bu oddiy bir talab axir, deydi faollar

Gritsenkoning tashkiloti etnik mojaro ortida turganlikda ayblangan shaxslarni himoya qilib keladi.

Jalol-Obodda asoslangan “Vozdux” huquq markazi rahbari Azimjon Asqarov yuroqida tilga olingan ayblar bilan bir umrlik qamoq jazosiga mahkum etilgan. Apellyatsiya tartibida ishi Oliy Sudga oshirilgan.

Lekin Gritsenkoning adolat qaror topishiga ishonchi past.

"Spravedlivost" tashkiloti hisobicha, qirg’in yuzasidan ochilgan jinoiy tergov ishlarining 20 foizi sudda ko’rildi va aksariyat hollarda hukm dalillarsiz chiqarildi. Tergov ishlarining 80 foizi esa isbot yetishmaydi degan xulosa bilan yopib yuborildi.

“43 shaxsni himoya qilgan bo’lsak, ular asosan o’zbeklar va hammasi qiynoqqa solingan. Lekin faqat uch nafari “meni himoya qiling” deb murojaat qildi. Qolganlari hatto shikoyat qilishdan qo’rqadi. Oxirgi paytda Jalol-Obodda noqonuniy hibsga olish hollari biroz kamaygan. Lekin ko’p odam qonun-tartibot organlariga pora berib qutulmoqda. Hech kim adliya tizimiga ishonmaydi”, - deydi Valentina Gritsenko.

Sud ishlarini kuzatib kelayotgan mutaxassislardan biri “Erkinlik Ovozi” tashkiloti direktori Sardorbek Bagishbekov bo’lib, u shu paytgacha 40 kishi, asosan o’zbeklar, bir umrga panjara ortiga tashlanganini qayd etadi.

Roza Otunbayeva yaqinda Vashingtonga safar qilib, "Amerika Ovozi"da bo'lganida O'zbek xizmati eshittirishlarini muntazam ravishda tinglashini aytdi. Prezident "Amerika Ovozi" ko'rsatuvlari O'sh va Jalol-Obodda Keremet telekanalida namoyish etilishini ham
Roza Otunbayeva yaqinda Vashingtonga safar qilib, "Amerika Ovozi"da bo'lganida O'zbek xizmati eshittirishlarini muntazam ravishda tinglashini aytdi. Prezident "Amerika Ovozi" ko'rsatuvlari O'sh va Jalol-Obodda Keremet telekanalida namoyish etilishini ham

Hukumat oshkoralik va demokratiya haqida qanchalik bong urmasin, amalda adolatli boshqaruvdan nishon ham yo’q, deydi u. Davlat parlament tizimiga o’tib, siyosiy plyuralizm tomon yo’nalgan, deydi faol, lekin biror partiya etnik hamjihatlikni targ’ib qilish uchun konkret choralar taklif qilmayapti.

Qirg’iziston fuqaro jamiyati milliy koalitsiya rahbari Dinara Oshuraxunova va “Ochiq Pozitsiya” deb nomlangan mustaqil tashkilot yetakchisi Dmitriy Kabak fikricha ham siyosatchilar umumiy va’dalar va quruq gaplar bilan cheklanmoqda.

Sabab, deydi bu faollar, arboblar o’zbeklar taqdiri yoki etnik kelishmovchiliklar haqida ko’p gapirsa, qirg’izlar ovoz bermay qo’yadi deb qo’rqadi.

Qirg'izistonda o'zbek tilida axborot yetishmaydi, diskriminatsiya davom etmoqda, deydi fuqaro jamiyati vakillari
Qirg'izistonda o'zbek tilida axborot yetishmaydi, diskriminatsiya davom etmoqda, deydi fuqaro jamiyati vakillari

Dinara Oshuraxunova deydiki, fuqaro jamiyati vakillari parlament bilan ishlashni, ularning qarorlariga ta’sir qilishni o’rganishi kerak, ya’ni lobbichilik qila bilishi lozim.

“Biz avtoritar rahbarlar hukmron mintaqada demokratik jamiyat qurishga intilayotgan xalqmiz. Parlament tizimi ish berishi uchun siyosatchilarni xalq bilan hisoblashishga o’rgatish kerak. Hozir qiyin, bu hech kimga sir emas, ammo umidni boy bera olmaymiz. Biz o’z-o’zimizni boshqarishni o’rganishimiz kerak. Xalqimiz va rahbarlarimiz oshkoralik nima ekanini, adolat qanday ta’minlanishini o’rganishi kerak”, - deydi nohukumat tashkilotlar koalitsiyasi boshlig’i.

Qirg'izistonda o'zbek tilida axborot yetishmaydi, diskriminatsiya davom etmoqda, deydi fuqaro jamiyati vakillari
Qirg'izistonda o'zbek tilida axborot yetishmaydi, diskriminatsiya davom etmoqda, deydi fuqaro jamiyati vakillari

Dmitriy Kabak huquq himoyachisi sifatida o’z sharh va hisobotlarida xolislik va ehtiyotkorlikka urg’u berib keladi.

Chet el matbuoti, televideniye va radiolari, mahalliy axborot vositalari, xalqaro tashkilotlar, kim bo’lishidan qat’iy nazar, vaziyatni baholashdan oldin uni izchil o’rganish, xulosa qilishga shoshmaslik kerak, deydi Kabak.

Internet hali ommaviy axborot vositasi emas, deydi u, odamlar turli ma’lumot manbalarini o’qib tahlil qilish imkoniyatiga ega emas. Bor matbuot esa etnik ixtilof va muammolar haqida betaraf informatsiya bera olmayapti, deydi huquq himoyachisi.

Fojia qoldirgan yara bitishi uchun uzoq vaqt kerak, bunday kunlar qaytarilmasligi uchun konkret choralar ko’rilishi zarur, lekin ehtirosga berilish, jazavaga tushishdan foyda yo’q, deya fikrlaydi Dmitriy Kabak.

Qirg'iziston parlament tizimiga o'tmoqda, yangi boshqaruv sistemasi. Ammo hokimiyatga saylanganlarning aksariyati eski odamlar, jumladan Omurbek Tekebayev, yangi parlament a'zosi va sobiq spiker.
Qirg'iziston parlament tizimiga o'tmoqda, yangi boshqaruv sistemasi. Ammo hokimiyatga saylanganlarning aksariyati eski odamlar, jumladan Omurbek Tekebayev, yangi parlament a'zosi va sobiq spiker.

"Adolatni bu yo’l bilan talab qilish natija bermasligi mumkin", - deydi u.

"Ayniqsa, jurnalistlar va jamoatchi faollar bundan tiyilishlari kerak".

O’zbeklar qirg’iz tilidagi matbuotni millatchilikda ayblaydi.

“Amerika Ovozi” bilan gaplashgan biror mutaxassis buni rad etmaydi. Media kompaniyalar siyosatchilar qo’lida o’yinchoq, ayrimlarining egalari o’zi ular, deydi Dmitriy Kabak.

Buning ustiga markaziy hukumatning janubdagi rahbarlarga so’zi o’tmaydi. Jurnalistlar mahalliy organlardan qo’rqib qolgani uchun ham zarur axborotni zarur tilda efirga uzatishga jur’at etmayapti. Mahalliy teleradiolarga nisbatan bosim kuchli.

Yangi boshqaruv bu muammolarni hal eta oladimi?

Faollarning javobi shuki, yangi boshliqlar aslida eski odamlar va yaqinlashayotgan saylovlarda yana ular rahbarlikka saylanishi mumkin.

  • 16x9 Image

    Navbahor Imamova

    Navbahor Imamova - "Amerika Ovozi" teleradiosining yetakchi multimedia jurnalisti. "Amerika Manzaralari" turkumidagi teledasturlar muallifi. Ko'rsatuvlar taqdim etish bilan birga prodyuser, muxbir va muharrir. O'zbekistonda akkreditatsiyadan o'tgan yagona amerikalik jurnalist. "Amerika Ovozi"da 2002-yildan beri ishlaydi. Jurnalistik faoliyatini 1996-yilda O'zbekiston radiosining "Xalqaro hayot" redaksiyasida boshlagan. Jahon Tillar Universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetida dars bergan. Ommaviy axborot vositalari bo'yicha bakalavrlikni Hindistonning Maysur Universitetidan (University of Mysore), magistrlikni esa AQShning Bol Davlat Universitetidan (Ball State University) olgan. Shuningdek, Garvard Universitetidan (Harvard University) davlat boshqaruvi va liderlik bo'yicha magistrlik diplomiga ega. Jurnalistik va ilmiy materiallari qator xalqaro manbalarda chop etilgan. Amerikaning nufuzli universitetlari va tahlil markazlarida so'zlab, ma'ruzalar o'qib keladi. "Amerika Ovozi" oltin medali sohibi. Tashkilotda gender va jurnalistika bo'yicha kengash raisi. Toshkent viloyati Bo'stonliq tumani Qo'shqo'rg'on qishlog'ida ziyoli oilasida ulg'aygan.

    Navbahor Imamova is a prominent Uzbek journalist at the Voice of America. As anchor, reporter, multimedia editor and producer, she has covered Central Asia and the U.S. for more than 20 years on TV, radio and online. Since 2018, she has also been reporting from inside Uzbekistan as the first-ever U.S.-based accredited correspondent in the country. During 2016-2017, she was a prestigious Edward S. Mason Fellow in public policy and management, while earning her Mid-Career Master in Public Administration at Harvard University’s John F. Kennedy School of Government. Navbahor played a pivotal role in the launch of Uzbek television programming at VOA in 2003, and has since presented more than 1000 editions of the flagship weekly show, “Amerika Manzaralari” (Exploring America), which covers American foreign policy focusing on Washington’s relations with Central Asia, as well as life and politics in the U.S. She speaks frequently on regional issues in Central Asia, as well as Uzbek politics and society, for policy, academic, and popular audiences. Her analytical pieces have been published in leading academic and news outlets including Foreign Policy, The National Interest, and the Atlantic. Navbahor also is the founding President of the VOA Women’s Caucus. She began her career at Uzbekistan’s state broadcasting company in Tashkent. She holds a Bachelor of Arts in journalism and mass communication from the University of Mysore, India and a Master of Arts in journalism from Ball State University, Indiana.

Shu mavzuda

XS
SM
MD
LG