Breaking News

O'zbek-qirg'iz chegarasidagi eng yirik punkt endi ochiq


O'zbek-qirg'iz chegarasidagi eng yirik punkt endi ochiq
O'zbek-qirg'iz chegarasidagi eng yirik punkt endi ochiq

Qirg’iziston – O’zbekiston chegarasida toqqiz joyda o’tish punkti bor. Ulardan biri “Do’stlik-avto” qayta ochilgan. Bu maskan o’tgan yili Qirg’iziston janubida yuz bergan xunrezliklar paytida O’zbekiston tomonidan yopilgan edi. Hozircha faqat shu yer to'liq faoliyat boshlagan.

“Do’stlik-avto” Qirg’’zistonning O’sh shahridan ikki chaqirim narida joylashgan bo’lib, qirg’iz-o’zbek chegarasidagi eng yirik punkt.

Bir yarim yil davom etgan sukunatdan so’ng bugun bu yer yana jonlandi.

U tomon-bu tomon o’tayotgan odamlar chehrasida tabassum. Taksichilar paydo bo’lgan. Do’kon egalari supirib-sidirib, savdoga hozirlik ko’rmoqda.

Chegara punktlari 2010-yilning yozida O'sh va Jalol-Obodda yuz bergan notinchliklar paytida yopilgan edi. Yuzlab ming o'zbek najot izlab, O'zbekiston tomon talpinganida chegara ayollar va bolalar uchungina ochilgan xolos. Sal o'tmay ular vatanga qaytdi.
Chegara punktlari 2010-yilning yozida O'sh va Jalol-Obodda yuz bergan notinchliklar paytida yopilgan edi. Yuzlab ming o'zbek najot izlab, O'zbekiston tomon talpinganida chegara ayollar va bolalar uchungina ochilgan xolos. Sal o'tmay ular vatanga qaytdi.

O’shlik Halima opa Qirg’izistonga Namangandan kelin bo’lib tushgan ekan. U ko’pdan beri yuz ko’rishmagan qarindoshlarinikiga oshiqmoqda.

“Bugun televideniye orqali chegara ochilgani haqida xabarni eshitib, juda xursand bo’lib ketdim. Chunki O’zbekistondagi ota-onamni, opa-singlillarimni ko’pdan beri ko’rmadim. Xush xabarni eshitgan hamon yo’lga otlandim. Chegara ochilgani nimaning sharafiga bo’layapti bilmayman. Ikki davlat o’z chegaralarini ochib qo’ysa, albatta, do’stligi barqaror topadi, munosabatlar yaxshilanadi, bir biriga mehr-oqibatli bo’ladi. Men bundan nihoyatda xursandman. Yuqoridagi rahbarlarimiz bir narsani kelishgan holda bu ishni amalga oshirgan bo’lsa kerak. Chegara ochilishi, albatta, yaxshi natija beradi”, - deydi Halima opa.

Qirg'iziston hukumati sal avval chegarani ochish yuzasidan harakat boshlaganini bildirgan edi. Ikki mamlakat chegara xizmati boshliqlari kecha Andijonda uchrashgan.

Aytish joizki, O’zbekiston chegarachilari so’ngi paytlarda Qirg’iziston fuqarolarini o’z hududiga cheklangan holda, ya’ni maxsus chaqiruv qog’ozi bo’lsagina o’tkazayotgan edi. Endi esa chegaradan odamlar, transport vositalari va yuklar o’ta boshlagan.

O'tgan yilgi fojia ko'plarni yaqinidan ayirdi. Buning ustiga o'zbek aholi qo'shni davlatdagi qarindoshlari bilan ko'risha olmay qoldi.
O'tgan yilgi fojia ko'plarni yaqinidan ayirdi. Buning ustiga o'zbek aholi qo'shni davlatdagi qarindoshlari bilan ko'risha olmay qoldi.

Qirg’izistonlik oddiy odamlar avvalgi bordi-keldilar, an’anaviy chegara bo’yi savdosi ma’lum qadar tiklanishiga umid qiladi.

"Savdo-sotiqninq rivojlanishi bojxona xodimlariga ham bog’liq-da! Agar O’zbekistondan biz tomonga mol o’tsa, narxlar tushadi, rivojlanish bo’ladi. O’zaro savdo u tomonga ham foydali,- deydi o’shlik Halima opa.

Mahalliy tahlilchilarga ko’ra, Qirg’izistonning Qora-Suv bozori xaridorlarining kamida yarmini avval aynan o’zbekistonliklar tashkil qilgan. Chegara yopilgach bozor ahli daromadiga putur yetgan.

XS
SM
MD
LG