Afg’onistonda "Tinchlik va xavfsizlik hamkorligi" nomli xalqaro anjuman o'z ishini boshladi. Mamlakat Prezidenti Ashraf G’ani yig'inning ochilish marosimida so'zlar ekan, Pokistonga nisbatan noroziligini izhor qildi. Asosiy muammo Pokistonning nimani istashi aniq emasligida, dedi u.
Kobul anjumani 6-iyun kuni 27 davlat va xalqaro tashkilotlar ishtirokida mahalliy vaqt bilan ertalab soat to’qqizda boshlandi.
Prezident G’ani toliblar bilan sulh muzokaralarini eslar ekan, hozirgacha hech qanday yutuqqa erishilmagnini ta’kidladi.
“Biz Pokiston bilan sulh qilishni xohlaymiz, Pokistonga ishonishga harakat qilamiz, ikki davlatdagi qashshoqlikka qarshi kurashish uchun hamkorlik istaymiz. Lekin muammo shundaki, Pokistonning nima istayotganini bilmaymiz, Afg’oniston tinchligi faqat ular uchun emas, ayni holda mintaqa barqarorligi uchun ham xizmat qilishiga ularni nima ishontira oladi?” - dedi G’ani.
Afg'oniston rahbari qo’shni Pokistondan doimiy sulh uchun o’z pozitsiyasini e’lon qilishni so’radi.U, shuningdek, xalqaro hamjamiyat va ittifoqchi davlatlardan terrorizmga qarshi kurash bo’yicha bergan ahdlarida turishni talab qildi.
Afg’oniston so’nggi bir necha kundan beri qonli vaqealarga guvoh bo’lmoqda. Siyosiy faollarning aksar qismi hukumatdan norozi. Lekin Prezident G’ani siyosiy kelishmovchiliklar hal etilishiga umidvor.
“Vaziyatni yaxshilaymiz, islohotlar qilamiz” - deydi u.
Ashraf G’ani toliblarni sulhga chorladi.
“Sulh yolg’iz bitimlar bilan xulosa qilinmasin. Doimiy va adolatli sulh ta’minlanishi kerak. Sulh milliy muloqot yo’lida o’rnatilishi zarur, biz bu xususdagi milliy uchrashuvlar o’zkazish niyatidamiz. Agar Tolibon sulh qilmoqchi bo’lsa, biz ularga muzokaralar uchun idora ochib berishga tayyormoz. Lekin bu fursat hamisha topilmaydi. So’nggi imkoniyat ”, - deydi Afg’oniston Prezidenti Ashraf G’ani.
G’ani ittifoqchilardan ham afg’onlar rahbarligidagi sulh muzokaralarini qo’llab-quvvatlashlarini so’radi.
Kobul anjumanidan asosiy maqsad Afg’onistonda xorijiy davlatlar hamkorligida doimiy sulhga erishishdir.
Facebook Forum