Poytaxt Kobulda Afg’onistondagi uchinchi tillar, jumladan, o’zbek tilining bugungi ahvoli, uni rivojlantirish yo’lidagi muammolarga bag’ishlangan to’rt kunlik ilmiy seminar o’tmoqda.
Tilshunosh Toshqin Bahoiyning so’zlariga ko’ra, bunday tadbirlar tillar bilan bog’liq barcha muammolarini hal qila olmasa-da, yechim uchun zamin yaratadi.
Ilmiy anjumanlar insonlarga umid bag’ishlaydi, deydi u.
Seminarning asosiy ishi 22-avgust kuni boshlanadi. O’zbek tilining maktab va oliygohlarda o’qitilish jarayoni, imlo birligi, tilning matbuotdagi ahvoli, tilni rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi.
Seminar so’nggida majlis a’zolari qaror chiqarib, uni hukumatga taqdim etadi.