Breaking News

Karzay Qatarda Tolibon bilan muzokara ehtimolini gaplashdi


Afg'oniston prezidenti Hamid Karzay va Qatar amiri Shayx Hamad bin Xalifa al-Taniy
Afg'oniston prezidenti Hamid Karzay va Qatar amiri Shayx Hamad bin Xalifa al-Taniy
Afg’oniston prezidenti Hamid Karzay Qatarda ikki kun bo'lib, mamlakat rahbariyati bilan ikki tomonlama aloqalar hamda Tolibon bilan tinchlik muzokaralari ehtimoli xususida gaplashgan.

Jarayonni tezlashtirish uchun Karzay nazarida Qatarda Tolibon idorasini ochgan ma'qul. Afg'on rahbari bir paytlar bu g'oyaga qarshi edi. Safar davomida unga tashqi ishlar vaziri va oliy tinchlik kengashining raisi hamrohlik qilgan.

Afg’on rahbari nazarida Tolibon bilan muzokaralarga xorijiy hamkorlar emas, afg’on hukumati bosh bo’lishi lozim. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Karzayning bu tashabbusini olqishlab, toliblarni muzokara stoliga yana bir bor da’vat etgan.

Karzay toliblarga muzokaradan oldin al-Qoida bilan barcha aloqani uzib, zo’ravonliklardan voz kechish talabini qo’ygan. Biroq jangarilar Karzay ma’muriyatini AQSh yetakchiligidagi koalitsiyaning o’yinchog’i deya, u bilan muzokara qilishdan bosh tortmoqda.

Tolibon vakilining aytishicha, Qatarda idora ochilsa, u Karzay emas, Qatar hukumati bilan ish qilish uchun ochiladi. Tolibonning Qatardagi hech bir vakili Karzay bilan gaplashish yoki uchrashish niyatida emas, deydi u.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG