Afg’oniston prezidenti Hamid Karzay bugun Vashingtonga tashrif buyuradi. Oq uyda o’tadigan muzokaralarda o’zaro aloqalar hamda 2014-yildan keyingi rejalar muhokama qilinishi kutilmoqda.
Vashingtonga safari oldidan Hamid Karzay o’tgan oy Kobulda AQSh Mudofaa vaziri Leon Panetta bilan uchrashgan edi. Hozir Afg’onistonda 60 mingdan ziyod amerikalik zobit bor, aksariyati kelasi yil oxirida mamlakatni tark etadi.
Davlat departamenti so’zlovchisi Viktoriya Nuland so’zlariga ko’ra, Oq uydagi muzokaralarda quyidagi mavzular o’rin oladi - xavfsizlik, Afg’onistondagi siyosiy islohotlar, yaqinlashayotgan prezident saylovlari, AQShning iqtisodiy ko’magi, Markaziy Osiyodagi integratsion loyihalar, jumladan Yangi Ipak Yo’lini barpo etish tashabbusi.
Afg’oniston hukumati uchun eng katta muammolardan biri xavfsizlikdir. Mamlakatning katta qismlari, xususan, Pokiston bilan chegaradosh hududlar Tolibon nazoratida.
Tahlilchi Malu Innosent nazarida, prezident Obamaning ikkinchi muddati Afg’onistonga nisbatan yondashuvni o’zgartirishga imkon beradi.
“Tolibon bilan til topishib, ularni hukumatga taklif etish kerak. Ushbu harakat o’sha jamiyatning ajralmas bir qismi ekani, ular chegara hududlarda mahkam joylashib olgani, real vaziyatga tik qarab uni o’zgartirishga kuchimiz yetmasligini tan olishimiz lozim”, - deydi olima.
Ayni damda Afg’oniston va Pokiston hamkorlikda qamoqdagi toliblarning ayrimlarini ozod etib, shu orqali tinchlik muzokaralarini jonlashtirishga harakat qilmoqda.
“Buni kuzatib turgan Tolibon rahbariyati zora Afg’oniston hukumati bilan gaplashishga moyillik topsa”, - deydi hukumat rasmiysi Aymal Fayziy.
Qo’shma Shtatlar ham bu jarayonni qo’llab-quvvatlaydi.
Viktoriya Nulandning aytishicha, Vashingtonning istagi – Tolibon zo’ravonlikdan voz kechsin, Afg’oniston konstitutsiyasini tan olsin. Afg’oniston va Pokiston bir-biri bilan hamkorlik qilayotganidan, ayniqsa, mamnunmiz, deydi u.
Yaqin Sharq Instituti professori Marvin Veynbaumga ko’ra, 10 yillik urushdan so’ng murosaga erishishga xohish kuchli.
“Agarda mojaroga siyosiy yechim topilsa, 2014-yilda AQSh qo’shinlarini Afg’onistondan xotirjam olib chiqqan bo’lardik”, - deydi u.
Harbiy missiya poyoniga yetganidan keyin ham AQShning bir necha yuz askari Afg’onistonda qolib, maslahatchi-murabbiy vazifasini bajaradi.