Qadim tarixi bilan faxrlanadigan Afg’oniston nega shu kungacha o’zini boshqara oladigan normal davlatga aylana olmadi? Unga qo’shni Markaziy Osiyo respublikalari ham erkinlik cheklangan jamiyatlar qatorida.
Indiana Universiteti professori, afg’onistonlik o’zbek olimi Nazif Shahroniy tahlilicha, gap faqat boy berilgan imkoniyatlarda emas.
Mintaqadagi bugungi muammolar, yechimlar hamda kelajak haqida gap ketganda, G’arb ilmiy doiralarida eng ko’p tilga olinadigan narsa - Yangi Buyuk O’yin, go’yoki Markaziy Osiyo va uning tabiiy boyliklari ustidan yirik davlatlar raqobatda.
Shuningdek, xavfsizlik, terrorizmga qarshi kurash, Sovet imperiyasi qoldirgan meros va jamiyatlar haliyam o’tish davrini boshdan kechirayotgani ko’pincha mavjud muammolarning sababi qilib ko’rsatiladi.
Antropolog olim Nazif Shahroniy masalaga boshqa ko’z bilan qaraydi, yuqoridagi faktorlarni asl muammolardan chalg’ish deb hisoblaydi.
Uning aytishicha, Markaziy Osiyo respublikalariga Sovet Ittifoqi parchalanganidan keyin, afg’onlarga esa Tolibon hokimiyati qulashi ketidan noyob, tarixiy imkoniyatlar berilgan edi. Ammo umidlar puchga chiqdi. Olimga ko’ra, buning sababini siyosiy tizimlardan qidirish kerak.
“Davlat kelajagini uning joylashuvi, tarixi, madaniyati yoki dini emas balki siyosat qanday yo’lga qo’yilgani belgilaydi. Jamiyatda siyosiy stimullar qanday maqsadga qaratilgani eng muhim faktor”, - deydi Shahroniy.
Hozirda Afg’oniston va Markaziy Osiyoda chuqur ildiz otgan va progress yo’lida to’siq bo’lib turgan bir siyosiy madaniyat shakllangan. Bu – ekstraktiv, ya’ni yulg’ich siyosat.
“Uning mohiyati shundaki, hokimiyat elita tomonidan qanday qilib bo’lsa-da, qo’lga kiritilishi kerak bo’lgan o’lja deb ko’riladi. Hokimiyatini o’zlashtirgan guruh cheksiz mol-davlat orttirishga tushadi, strategik resurslarga yo’l topadi. Bunday mentalitet ostida yashaydigan xalqning kelajagi yo’q”, - deydi suhbatdosh.
Mintaqada bugun aynan shunga guvohmiz. Mustaqillik boshida prezident idorasiga qadam qo’ygan shaxslarning amaldan aslo tushgisi yo’q.
Qizig’i, deydi Shahroniy, Qirg’izistonda uzoq yillik rahbarni oxir-oqibat xalq idorasidan sudrab olib chiqishgacha bordi, lekin o’rniga saylangan rahbarlar ham ayni yo’ldan borib, quvg’inga uchradi. Davlatning tabiatida, jamiyatdagi siyosiy muhitda gap ko’p, deydi olim.
Yulg’ichlik jamiyat hayotiga singib ketdimi, to’xtatish qiyin. Bunday davlatda hukmdorning aytgani aytgan, degani degan. Qonunlar, bosh qomus va siyosiy institutlar hech qanday ahamiyatga ega emas.
Xalq qo’rquv ostida yashaydi, shu yo’l bilan boshqariladi. Klanchilik, oshna-og’aynigarchilik va korrupsiya keng tarqaladi, odamlar bir-biriga ishonmaydi.
Nazif Shahroniyga ko’ra, yulg’ich siyosatning yana ikki belgisi bor. Birinchisi, chet el yordamiga tobelik; ikkinchisi mamlakatda markaziy hukumat qatorida muqobil hokimiyat tizimlarining tashkil topishidir.
Masalan, Afg’onistonda AQSh elchixonasini o’z armiyasi va byudjetiga ega alohida organ deb ko’rish mumkin. BMT idorasi va unga qarashli qo’shinlar, nohukumat tashkilotlar ham o’ziga xon alohida strukturalar. Bular orasida eng zaifi Hamid Karzay ma’muriyatidir.
Xo’sh, yulg’ich siyosatdan qanday qilib qutulish mumkin?
Afg’onistonlik o’zbek olimining tavsiyasi shuki, avvalo markazlashgan hokimiyat vakolatlari imkon qadar kengroq miqyosda taqsimlanishi lozim. Siyosiy institutlar tafakkuri o’zgarishi, ko’rsatmasiz mustaqil faoliyat yuritishga o’rganishi, fuqarolar tashabbus bilan chiqishga o’rganishi kerak.
Xalq mentalitetiga singib ketgan ayrim an’ana va udumlardan voz kechish ham islohotning bir qismiga aylanmasa bo’lmaydi.
Nazif Shahroniy bular o’ta murakkab, uzoq vaqt, iroda va jasorat talab qiladigan qadamlar ekanini tan oladi, lekin shuni qayd etadiki, hokimiyatda o’tirganlar, elita tub o’zgarishlarga yo’l ochishi amri mahol.
Markaziy Osiyodagi repressiv tuzumlar o’tgan 20 yil mobaynida shu qadar chuqur ildiz otib bo’ldiki, chet davlatlar yordamisiz, ichkaridan o’zgarish bo’lishiga umid yo’q.
“Afg’onistonning tuzumi o’zini muammolarini tug’dirgan bo’lsa, O’rta Osiyo davlatlari ham ayni shaklda o’zlarining muammolarini tug’dirishyapti. Bir qozonda qaynashadi bu davlatlar hammasi”, - deydi Shahroniy.
Kelasi yili aprelda Afg’onistonda prezident saylovlari kutilmoqda. Hamid Karzay, konstitutsiyaga ko’ra, uchinchi muddatga saylanishi mumkin emas. Bu muhim siyosiy tadbirdan nima kutish mumkin?
“Afg’onistonda siyosat bir kishining o’zgarishi bilan o’zgarmaydi. Bunday kishilar ko’p kelgan, ketgan. Karzay bo’lsin, uning og’a-inisi bo’lsin. Sistema noto’g’ri. Sistema, nizom o’zgarmasa, Afg’onistonda umid yo’q. Bizning asosiy qonunimiz konstitutsiya o’zgarishi kerak, xalqning o’ziga haq berilsin, o’zini idorasini o’zining qo’liga olsin mahallalarda, tumanlarda, viloyatlarda. Hozir hamma narsa Kobuldan kontrol qilinadi”, - deydi olim.
AQSh qo’shinlari 2014-yilda bu mamlakatni tark etish oldidan afg’on armiyasi va politsiyasi malakasini oshirishga zo’r beryapti. Nazif Shahroniy deydiki, davlatning kuchi uning harbiy salohiyatida emas. Vashington buni tushunishi kerak.
“Bu gaplar Amerikani o’zini ichidagi saylov uchun aytilayotgan gaplar. Agar shu tuzum bo’lsa, Afg’oniston o’zini eplay olmaydi. Bugun, ikki yildan keyin va hatto 10 yildan keyin ham”, - deydi Nazif Shahroniy.
AQSh diplomatlari Afg’oniston qo’shni davlatlar ko’magiga muhtoj ekanini aytib keladi. O’zbekiston hozirda bu davlatni elektr quvvati bilan ta’minlashda, yo’llar qurishda yordam berib kelayapti. Toshkent yana qanday madad ko’rsatishi mumkin?
“Afg’onistonga qiladigan katta xizmatlari mumkin ediki, o’zbek xalqini Afg’onistonda qo’llab-quvvatlasalar. Xususan, bizda hozir bir qonun bor. Har xalq o’zini tilida maktabda o’qisin, o’zini tilini o’rgansin degan. Bizda material yo’q, muallim yo’q, qiyinchiliklar haddan ko’p. Shu sohada O’zbekiston katta xizmatlarni qilishi mumkin edi”.