Breaking News

Amerika matbuoti: O'zbekiston eng korrupsiyalashgan davlat


O'zbekiston hukumati xalqaro maydonda yangraydigan tanqidlarga odatda munosabat bildirmaydi
O'zbekiston hukumati xalqaro maydonda yangraydigan tanqidlarga odatda munosabat bildirmaydi

Amerika va xalqaro hayotni yorituvchi nufuzli internet manbalardan biri “The Daily Beast” korrupsiya eng chuqur ildiz otgan 20 davlat ro’yxatini tuzdi. O’zbekiston – 1-o’rinda.

Sayt xalqaro tashkilotlar, jumladan Jahon Banki, “Freedom House” (Ozodlik Uyi), va “Transparency International” dan olingan ma’lumotlar, ekspert hisobotlar va tahlilnomalarga asoslanib, shunday baho bermoqda.

Xususan, quyidagi omillarga e’tibor qaratiladi:

♦ Ommaviy so’rovlar natijasi va mutaxassislar xulosasi

♦ So’z va matbuot erkinligi, oshkoralik darajasi

♦ Siyosiy huquqlar

♦ Fuqaro erkinligi

♦ Biznes muhit va moliyaviy oshkoralik

"The Daily Best" AQShdagi nufuzli nashrlardan biri "Newsweek" siyosiy-ijtimoiy tahlil jurnalining bir qismi hisoblanadi
"The Daily Best" AQShdagi nufuzli nashrlardan biri "Newsweek" siyosiy-ijtimoiy tahlil jurnalining bir qismi hisoblanadi
Eng korrupsiyalashgan davlatlar ro’yxatida 2-o’rinda Laos, 3-o’rinda Afg’oniston, 4-o’rinda Eritreya, 5-o’rinda Kongo Demokratik Respublikasi, 6-o’rinda Ekvatorial Gvineya, 7-o’rinda Belarus, 8-o’rinda Chad, 9-o’rinda Iroq va 10-o’rinda Svazilend. Qolganlar Venesuela, Efiopiya, Fil Suyagi Qirg’og’i, Burundi, Eron, Suriya, Angola, Yaman, Gaiti va Kambodja.

Berlinda asoslangan xalqaro tashkilot “Transparency International” korrupsiyaga qarshi kurash va oshkoralikni targ’ib qiladi. 2011-yilda ular 182 davlatdagi vaziyatni sarhisob qilib, O’zbekistonni eng yulg’ich tuzumlar qatoriga qo’shgan edi.

O’zbekiston unda 177-o’rinda, ya’ni korrupsiya darajasi eng yuqori mamlakatlar orasida 5-o’rinda. Somali 182-o’rinda, ya’ni eng og’ir holatdagi mamlakat deb baholangan. Korrupsiyadan eng xoli davlat Yangi Zelandiya deb topilgan.

O'zbekiston hukumati xalqaro maydonda yangraydigan tanqidlarga odatda munosabat bildirmaydi. Lekin davlat iznidagi axborot vositalari xorijiy matbuot, ayniqsa G'arbda asoslangan manbalarni O'zbekistonda yuz berayotgan taraqqiyotni tan olmayotganlikda, bu xalq madaniyati va mentalitetini tushunmayotganlikda, bu jamiyatni beqarorlashtirishga urinayotganlikda tanqid qilib turadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG