Breaking News

To'qayev KXShT askarlari 2 kundan keyin chiqarila boshlashini aytdi


Qozog’iston Prezidenti Qosim-Jo’mart To’qayev mamlakatdagi tartibsizliklar paytida strategik inshootlarni himoya qilish uchun taklif etilgan xorijiy kuchlar ikki kundan so’ng Qozog’istonni tark eta boshlashini bildirdi. Unga ko’ra, Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti yuborgan 2030 nafar harbiy va 250 ta harbiy texnika belgilangan vazifalarni a’lo darajada bajargan.

Xalqaro hayot – 11-yanvar, 2022-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:13:09 0:00

To’qayev parlamentga murojaatida yangi hukumat tarkibini ham e’lon qildi. 5-yanvardan beri bosh vazir lavozimini vaqtincha bajarib kelgan Alixon Smailov yangi hukumatni boshqaradigan bo’ldi. Adliya, energetika va sog’liqni saqlash vazirliklariga ham yangi rahbarlar tayinlangan.

Davlat rahbari birinchi prezident Nursulton Nazarboyev sharofati bilan ko’p odam haddan ziyod boyiganini aytdi.

"Bu odamlarning Qozog’iston xalqiga muntazam ravishda yordam beradigan vaqti keldi”, - dedi To’qayev.

Unga ko’ra, serdaromadli kompaniyalardan davlat jamg’armasiga pul tushirish so’raladi. Yangi hukumatga bunday kompaniyalar ro’yxatini tuzib, ular bilan yillik badal miqdoriga kelishish vazifasi yuklandi.

Gap Nazarboyevning oila a’zolari va tarafdorlari nazoratidagi tog’-kon, neft va gaz sohalarida ishlovchi kompaniyalar haqida ketmoqda. To’qayev prokuratura, Moliya vazirligi va boshqa idoralarga Xitoy bilan chegaradagi bojxonani tartibga solishni buyurdi. Kuzatuvchilarga ko’ra, u yerda mahsulotlar oqimini Nazarboyevning qarindoshlari nazorat qiladi.

To’qayev Milliy xavfsizlik qo’mitasining yuqori lavozimli rasmiylari qurol va maxfiy hujjatlarni tashlab qochganini aytdi. Xususan, qo’mita rahbari, sobiq bosh vazir Karim Masimov o’tgan hafta avval lavozimidan bo’shatildi, so’ng xiyonatda ayblanib hibsga olindi.

Nursulton Nazarboyevdan esa hamon darak yo’q. Ayrimlar uni og’ir kasal desa, boshqalar vafot etganiga ishora qilmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG