Breaking News

Vashington: AQSh-Qozog'iston strategik hamkorligi mustahkam


AQSh-O'zbekiston strategik hamkorlik muloqoti, Davlat departamenti, Vashington, 9-mart, 2016
AQSh-O'zbekiston strategik hamkorlik muloqoti, Davlat departamenti, Vashington, 9-mart, 2016

Bu hafta AQSh poytaxtida Amerika-Qozog'iston strategik hamkorligi muhokama qilindi. Ostonadan kelgan delegatsiya avvalo Davlat departamenti, shuningdek, Mudofaa vazirligi va boshqa idoralarda yetakchi rasmiylar bilan uchrashdi.

Qozog'iston Tashqi ishlar vaziri o'rinbosari Yerjan Ashikbayev va AQSh Davlat kotibi muovini Rouz Gottemoller 8-mart kuni bir kunlik majlisga raislik qildi. Mintaqaviy masalalar, xavfsizlik, iqtisod va savdo, inson huquqlari, demokratiya, islohotlar, ta'lim va madaniy rishtalar bilan bog'liq mavzular ko'rib chiqildi.

AQSh Davlat kotibining Demokratiya va huquq bo'yicha muovini Tom Malinovski va Qozog'iston Adliya vaziri muovini Elvira Azimova qonun ustuvorligi va inson huquqlari xususidagi yig'inga boshchilik qildi.

Mustaqil axborot vositalari yetishmasligi, huquq-tartibot organlarining zo'ravonligi, korrupsiya va yulg'ichlik singari muammolar xususida gap ketdi.

Qozog'iston elchixonasi 9-mart kuni huquq tashkilotlari va fuqaro jamiyati vakillarini taklif qilib, yopiq muloqot o'tkazgan. Huquq himoyachilari faollarga nisbatan tazyiqlardan noligan.

AQSh Tijorat vaziri muovini Arun Kumar va Qozog'iston Sarmoya va taraqqiyot vaziri o'rinbosari Rahim Oshakbayev ham bu sohalardagi hamkorlik yuzasidan gaplashib oldi.

10-mart kuni esa Prezident Nursulton Nazarboyevning yaqin maslahatchisi, davlat kotibi Gulshara Abdikalikova va Tashqi ishlar vaziri muovini Ashikbayev Uilson siyosiy tahlil markazida so'zlab , e'tiborni xotin-qizlar ravnaqiga qaratib, respublika taraqqiyot dasturi haqida gapirdi.

Rasmiylarning aytishicha, Qozog'iston oldin iqtisodiy barqarorlik, keyin esa siyosiy taraqqiyot degan shior ostida harakat qilaveradi. Ya'ni, deydi arboblar, qiyinchiliklarga qaramay davlat birinchi navbatda xalqning tirikchiligini osonlashtirish harakatida. Demokratiya tomon esa iqtisodiy yutuqlarga asoslangan holda qadam tashlanaveradi.

Ko'plab ekspertlar, xorijiy va mahalliy, bunday taktika hozircha ish bermayapti, degan fikrda. Qozog'iston mintaqada eng kuchli iqtisodga ega davlat, biroq G'arb sanksiyalari ostidagi Rossiyaga tobelik uning moliyaviy tizimiga ulkan zarar yetkazib, xalqning sistemaga ishonchi pasaygan.

Vashington nazarida Qozog'iston mintaqaviy lider va bugungi muammolardan qat'i nazar, to'g'ri yo'ldan ketmoqda. Qo'shma Shtatlar bu davlat bilan barcha sohalarda yaqindan ishlaydi, deydi rasmiylar.

Qozog'iston o'zini G'arbda targ'ib qilganida doimo tilga olinadigan dastur "Bolashak" ta'lim loyihasi bo'lib, unga ko'ra minglab yoshlar chet ellardagi oliygohlarida, xususan Amerika universitetlarda davlat puli bilan bilim oladi.

Bugun Qozog'istonda davlat tizimi, xususiy sektor va nohokumat-notijoriy tashkilotlar faoliyatini bu avlodsiz tasavvur qilib bo'lmaydi, deydi Tashqi ishlar vaziri muovini Ashikbayev. Uning aytishicha, respublika boshqaruvida avlodlar yangilanmoqda va ular zamon talablariga javob bera oladigan mutaxassislar.

AQSh nazarida ham "Bolashak" Markaziy Osiyoda shu kungacha davlatlar yuritgan eng muvaffaqiyatli programma.

Qozog'istonning Vashingtondagi elchixonasida, 7-mart, 2016
Qozog'istonning Vashingtondagi elchixonasida, 7-mart, 2016

AQSh rasmiylari, 9-mart, 2016
AQSh rasmiylari, 9-mart, 2016

AQSh-Qozog'iston strategik hamkorligi muloqoti, 9-mart, 2016
AQSh-Qozog'iston strategik hamkorligi muloqoti, 9-mart, 2016

Uilson siyosiy tahlil markazida Qozog'iston rasmiylari bilan muloqot, 10-mart, 2016
Uilson siyosiy tahlil markazida Qozog'iston rasmiylari bilan muloqot, 10-mart, 2016

  • 16x9 Image

    Navbahor Imamova

    Navbahor Imamova - "Amerika Ovozi" teleradiosining yetakchi multimedia jurnalisti. "Amerika Manzaralari" turkumidagi teledasturlar muallifi. Ko'rsatuvlar taqdim etish bilan birga prodyuser, muxbir va muharrir. O'zbekistonda akkreditatsiyadan o'tgan yagona amerikalik jurnalist. "Amerika Ovozi"da 2002-yildan beri ishlaydi. Jurnalistik faoliyatini 1996-yilda O'zbekiston radiosining "Xalqaro hayot" redaksiyasida boshlagan. Jahon Tillar Universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetida dars bergan. Ommaviy axborot vositalari bo'yicha bakalavrlikni Hindistonning Maysur Universitetidan (University of Mysore), magistrlikni esa AQShning Bol Davlat Universitetidan (Ball State University) olgan. Shuningdek, Garvard Universitetidan (Harvard University) davlat boshqaruvi va liderlik bo'yicha magistrlik diplomiga ega. Jurnalistik va ilmiy materiallari qator xalqaro manbalarda chop etilgan. Amerikaning nufuzli universitetlari va tahlil markazlarida so'zlab, ma'ruzalar o'qib keladi. "Amerika Ovozi" oltin medali sohibi. Tashkilotda gender va jurnalistika bo'yicha kengash raisi. Toshkent viloyati Bo'stonliq tumani Qo'shqo'rg'on qishlog'ida ziyoli oilasida ulg'aygan.

    Navbahor Imamova is a prominent Uzbek journalist at the Voice of America. As anchor, reporter, multimedia editor and producer, she has covered Central Asia and the U.S. for more than 20 years on TV, radio and online. Since 2018, she has also been reporting from inside Uzbekistan as the first-ever U.S.-based accredited correspondent in the country. During 2016-2017, she was a prestigious Edward S. Mason Fellow in public policy and management, while earning her Mid-Career Master in Public Administration at Harvard University’s John F. Kennedy School of Government. Navbahor played a pivotal role in the launch of Uzbek television programming at VOA in 2003, and has since presented more than 1000 editions of the flagship weekly show, “Amerika Manzaralari” (Exploring America), which covers American foreign policy focusing on Washington’s relations with Central Asia, as well as life and politics in the U.S. She speaks frequently on regional issues in Central Asia, as well as Uzbek politics and society, for policy, academic, and popular audiences. Her analytical pieces have been published in leading academic and news outlets including Foreign Policy, The National Interest, and the Atlantic. Navbahor also is the founding President of the VOA Women’s Caucus. She began her career at Uzbekistan’s state broadcasting company in Tashkent. She holds a Bachelor of Arts in journalism and mass communication from the University of Mysore, India and a Master of Arts in journalism from Ball State University, Indiana.

XS
SM
MD
LG