Breaking News

2015-yil Qozog'iston uchun jiddiy sinovlar davri bo'ldi


Yakunlanayotgan 2015-yil Qozog'istonning ko'p vektorli tashqi siyosati uchun jiddiy sinov bo'lgan. Yurtni ikkiga bo'lgan geosiyosiy ziddiyatlar prezident Nursulton Nazarboyevni nafaqat chetda, balki mamlakatda murakkab ahvolga qo'ydi. Jamoatchilikdagi munozaralardan hadikka tushgan hukumat muxolifatga, jurnalistlarga nisbatan tazyiqlarni kuchaytirishga o'tgani aytiladi.

2015-yil Qozog'iston uchun jiddiy sinovlar davri bo'ldi-Malik Mansur reportaji
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:05:45 0:00

Moskvada mintaqa aksar davlatlarini jamlagan Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi va Yevrosiyo Iqtisodiy Ittifoqining yil yakunlariga bag'ishlangan sammiti o'tgan.

Rus matbuoti nazarida sammitning asosiy natijasi shuki, dunyo bo'ylab geosiyosiy ziddiyatlar qo'zg'agan Moskva ittifoqchilar tomonidan qo'llab-quvvatlanmoqda.

Prezidentlar Rossiya-Ukraina, Rossiya-Turkiya ziddiyatini muhokama qilgan, bu borada Moskva pozitsiyasiga qo'shilishlarini bildrishgan.

Nazarboyev ko'rsatgan bu qo'llov Qozog'istonda bahs uyg'otishda davom etmoqda. Ostona avvaldan Qrim ishg'olini qonuniy deb tan olgan, ammo Rossiya Ukraina bilan savdo aloqalarini to'xtatib, sanksiyalar joriy etishi uning ittifoqchisi Qozog'istonni ham bu ziddiyatlarga tortadi.

Rossiya bilan boj ittifoqiga kirgan Belarus, Qozog'iston hozircha Ukarinaga nisbatan sanksiylar bo'yicha bir qarorga kelishmagan.

Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi sammitida, bu orada, ittifoqchilar Rossiya-Turkiya ziddiyatini muhokama qilib, rus harbiy samolyotining Turkiya tomonidan urib tushirilishini qoralagan.

Ekspertlar rasmiy Ostonaning geosiyosiy ziddiyatlar bo'yicha pozitsiyasi va bayonotlari Qozog'iston jamoatchiligini ikkiga bo'lib borayotganini ta'kidlashadi.

Kiyev-Moskva ixtilofi ortidan qozog'istonliklarda mamlakat shimoliy hududlari taqdiridan xavotir ortdi. Moskva-Anqara ziddiyati esa jamoatchilikda Rossiya bilan ittifoqchilik qardosh Turkiya bilan aloqalarga ziyon hisobiga bo'lmasligi kerak degan, e'tirozlar uyg'otdi.

Ekspert Do'sim Satpayev so'zlariga ko'ra, Kreml siyosati qozoq jamoatchiligini taraflarga bo'layapti:

“Yana Rossiya tomonidagilar va Rossiyaga qarshi bo'lganlar. Qozog'istonda axborot urushi borayotganga o'xshaydi. To'g'ri, biz birorta harbiy ziddiyatga bevosita qo'shilganimiz yo'q, ammo ijtimoiy tarmoqlarda ham, o'zaro suhbatlarda ham, oshxonada ham tomonlarga bo'lingan holda munozaradamiz. Bu albatta, Rossiya propagandasi ta'siriga tushib qolgan qozoq jamoatchiligining zaif nuqtasidir”, - deydi Satpayev.

Ostonaning ehtiyotkoron bayonotlari, Nazarboyev hukumatiga nisbatan tanqidiy qarashlarni kuchaytirgan.

Bu esa muxolifatga, jurnalistlarga, matbuotga nisbatan tazyiq kuchayishiga turtki bermoqda. Qozoq muxolifati faoli Aydos Sodiqovning aytichicha, yil davomida bir necha muxolifatchi hibs qilindi, mustaqil matbuot, jurnalistlarga bosib ortdi.

Ayni paytda muxolifatchilar Serik Mambetalin, Yermek Narimbeyevlar jamoatchilikda nizo uyg'otish aybi bilan sud qilinmoqda.

“2015-yil muxolifat uchun o'ta qayg'uli bo'ldi, bir necha faollarimiz qamoqqa olindi, tazyiqlar yana kuchaydi, rejim mamlakatda mustaqil harakat tashkil etishga qarshi. Tazyiqlar kuchayishi sababi, nazarimda jamoatchilikda hukumatdan norozilar soni oshayotgani, Nazarboyevning baribir hokimyatni o'z merosxo'riga topshirishi ehtimoli ortayotgani bilan bog'liq. 2015-yil jamoatchilikda nafaqat Rossiya-Ukraina, Rossiya-Turkiya ziddiyati qo'zg'agan geosiyosiy to'qnashuv atrofidagi ehtiroslar, balki tanga qadrining keskin tushib ketishi, aholi turmush darajasi pastlagani bilan ham yodda qoladi”, - deydi Aydos Sodiqov.

Yana bir muhim voqealardan biri - Nazarboyevning muddatidan oldin prezidentlikka qayta saylanishi bo'ldi. U aprel oyida o'tgan saylovda 97 foizga yaqin ovoz bilan g'alaba qildi. Nazarboyev mintaqada 25 yildirki hokimiyatni qo'ldan bermay kelayotgan keksa yetakchilardan.

Ammo u so'nggi chiqishlaridan birida hokimiyatni yoshlarga topshirish haqida o'ylash fursati kelganiga ishora qildi.Bu bayonotni jamoatchilik qizg'in muhokama qildi. Ayrim qarashlaga ko'ra, Nazarboyev o'rnini hozir Bosh vazir o'rinbosari lavozimida ishlayotgan qizi Dariga Nazarboyeva egallashi mumkin.

  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

XS
SM
MD
LG