Breaking News

Keniya Somalida al-Shababni bombardimon qilmoqda


Keniya aviatsiyasi bugun qo'shni Somalida al-Shabab jangari guruhi pozitsiyalarini nishonga olgan. Samoloyotlar Somali janubidagi Gedo rayonida ikki lagerni bombardimon qilgan. Amaliyot natijalari ma'lum emas.

So'nggi yillarda al-Shabab Keniyada bir necha xuruj uyushtirgan. So'nggi bor o'tgan hafta. Jangarilar universitetga hujum qilib, 148 odamni o'ldirgan. Keniya askarlari Somalini tark etmaguncha, xurujlarni davom ettiramiz, deydi ular.

Keniya Ichki ishlar vazirligiga ko'ra, Garissa universitetiga hujum qilgan bir jangari mahalliy rasmiyning o'g'li ekan. Abdirahim Abdullahi va yana uch jangari otishmada otib o'ldirilgan, qolgan besh nafari hibsga olingan.

Keniya gazetalari maxsus kuchlarning voqea sodir bo'lgan joyga jurnalistlardan kech borganini tanqid qildi. Jangarilar asosan nasroniylarni o'ldirgan. Keniya aholisining 83 foizini shu din vakillari tashkil etadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG