Breaking News

AQSh davlat kotibi Janubiy Koreya va Xitoyga yo’l oldi


AQSh davlat kotibi Jon Kerri Janubiy Koreya va Xitoyga yo’l olmoqda. Ikki davlat bilan u Shimoliy Koreyaning yadro dasturini muhokama qiladi. Vashington rasmiysi, shuningdek, Shimoliy Koreya mehnat lagerida jazo o’tayotgan AQSh fuqarosi Kennet Beyning ozod etilishini talab qilmoqchi.

Kerri Janubiy Koreya va Xitoyga yo'l olmoqda/Nasiba Tohir
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:38 0:00
Yuklab oling

AQSh rasmiylari amerikalik missioner Kennet Beyni ozod etishni talab qilib, Shimoliy Koreyaga bosimni davom ettirmoqda. U hukumatni ag’darishga uringanlikda aybdor deb topilib, 15 yilga ozodlikdan mahrum etilgan. Jon Kerri Xitoy amerikalik fuqaroning ozod etilishida yordam bera olishiga umid qilmoqda, deydi Davlat departamenti matbuot kotibi Mari Harf.

“Albatta, Xitoy Shimoliy Koreya hukumati bilan maxsus aloqalarga ega. Bu bizning mushtarak maqsadlarimizda qo’l kelgan, masalan, yarimorolning yadroviy quroldan ozod etilishi, Shimoliy Koreyaning provokatsion harakatlarini to’xtatish kabi masalalarda. Agar Xitoy yordam bera olsa, biz buni muhokama qilishga tayyormiz”.

Ziddiyatdan Vashington Pxenyandagi vaziyatni to’la bilmasligi ayon bo’ldi, ayniqsa hokimiyatga Kim Chen Un kelganidan beri, deydi Amerika universiteti professori Lu Gudman.

“Yangi rejim maqsadi nimadan iborat ekani, ular o’zi haqida qanday fikrga egaligiga oid chuqur bilim yo’q”, - deb hisoblaydi olim.

Xitoy Shimoliy Koreya bilan muloqotni yo’lga qo’yishga urinmoqda, deydi Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Xon Li.

“Hozirda Koreya yarimorolidagi umumiy vaziyat juda qaltis. Barcha taraflar vazminlik namoyish qiladi va g’alamislik bilan urush chiqarishdan o‘zini tiyadi, degan umiddamiz,” – dedi Pekin rasmiysi.

Ammo AQSh Shimoliy Koreya masalasida Xitoy muvaffaqiyatga erishadi, deb umid qilishi noto’g’ri, deydi Amerika tadbirkorlik instituti tahlilchisi Maykl Oslin.

“AQSh hech qanday yangi tashabbusni ilgari surgani yo’q. Bu jarayonda aslida Xitoydan boshqa hech kim tashabbus bilan chiqmadi. Xitoy taklifi esa Shimoliy Koreyaga vaqt berishdan iborat, xolos”.

Shimoliy Koreya bu vaqtdan yadro dasturini qayta tiklash maqsadida foydalandi. Qo’shma Shtatlar Pxenyan inspeksiyalarni qayta boshlashga ruxsat bermas ekan, u bilan muloqot qilmaymiz, demoqda.

“Yadro dasturidan voz kechish uchun shunchaki muzokaralar yetarli emas. Shimoliy Koreya so’zlashuvlarga jiddiy yondashishi kerak. Eng asosiysi shu”, - deydi AQSh davlat kotibining Sharqiy Osiyo bo’yicha muovini Denni Rassel.

Shimoliy Koreya bunga tayyormi? Buni aytish qiyin.

“Kichik davlatlar rahbarlariga bosim o’tkazilganida ular o’zini tuzoqqa tushib qolgandek sezadi va kutilmagan harakat qiladi. Xitoy shundan qo’rqmoqda”, - deydi professor Gudman.

Demak, ham AQSh, ham Xitoy Pxenyan bilan ziddiyatga borishni istamaydi.

“Xitoy hozirgi vaziyatni saqlab qolishdan manfaatdor, chunki unga AQShning Shimoliy Koreya masalasida asabiy qolishi, bu davlat bilan band ekani qo’l keladi. AQSh ham hozirgi vaziyatning o’zgarishini xush ko’rmaydi, chunki Iroq va Afg’onistondagi davomli urushlar sababli shu paytgacha Vashingtonning Koreya yarimoroliga qo’li tegmadi,” – deydi tahlilchi Oslin.

Seulda Kerri Janubiy Koreya va Yaponiya o’rtasidagi talash orollar sababli yuzaga kelgan ziddiyatni yumshatishga harakat qiladi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG