Breaking News

Yil sarhisobi: AQSh Osiyoda faol


AQSh asosiy e'tibori Osiyoda - US Asia Pivot
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:39 0:00

AQSh asosiy e'tibori Osiyoda - US Asia Pivot

2013-yilda Qo’shma Shtatlar Osiyoda o’z ta’sirini oshirish harakatlarini davom ettirdi. Bu maqsadda turli harbiy, diplomatik va iqtisodiy qadamlar qo’yildi. Mintaqadagi ittifoqchilar bundan mamnun, ammo Xitoy norozi.

Vitse-prezident Jo Baydenning yaqinda Shimoli-sharqiy Osiyoga qilgan safari Yaponiva va Janubiy Koreyani “biz siz bilan” deya ishontirishga qaratilgan edi.

Ammo Xitoyning havo mudofaa hududini kengaytirish haqidagi kutilmagan qarori muzokaralarda bosh mavzuga aylandi.

“AQSh prezidenti nomidan yana bir bor ta’kidlamoqchiman: biz bu hududni tan olmaymiz. Pekin qarori Amerikaning mintaqadagi faoliyatiga mutlaqo ta’sir ko’rsatmaydi. Xitoydan, shunindek, keskinlikni oshiradigan harakatlar qilmaslikni so’radim,” - dedi Bayden.

Bu bayonot tasdig’i tariqasida Yaponiya, Janubiy Koreya va AQSh Xitoy o’ziniki deb e’lon qilgan hududda harbiy samolyotlarini uchirdi.

Bo’hronlarni o’rganish xalqaro guruhidan Den Pinkston vaziyatni shunday izohlaydi:

“Xitoy g’avg’o qo’zg’ab nima qiladi? Albatta, harbiy samolyotlarning bu hududga kirish-kirmasligida gap ko’p. Xorijiy davlat samolyotlari Sharqiy Xitoy dengizidagi talash orollar ustidan uchib o’tganida Xitoy ularni urib tushirishga haqqimiz bor, deb da’vo qilishi mumkin. Ammo ular ochiqchasiga bunday qarama-qarshilikka boradi deb o’ylamayman. Lekin bunday qilish ularning qo’lidan keladi”.

Harbiy salohiyatini namoyish etish uchun Xitoy samolyot tashuvchi kemasini dengizda ko’z-ko’z qilayapti. Yuqorida tilga olingan orollarga Bruney, Malayziya, Filippin, Tayvan va Vyetnam ham da’vogar.

Baydenning safari chog’ida Xitoy va AQSh harbiy kemalari bir-birining yo’lini to’sib, Amerika kemasi yo’nalishni o’zgartirishga majbur bo’lgan.

Tokio va Seul o’zaro munosabatlarni yaxshilasa, Xitoyga bas kela oladi, deydi Gukmin universitetidan professor Pak Xvi Rak.

“Hozirgi vaziyatda Janubiy Koreya va Yaponiya hukumatlari AQSh bilan alohida-alohida ittifoq tuzib, tahdidni bartaraf eta olmaydi. Mintaqa davlatlari birgalashib, mushtarak choralar ko’rsa natija bo’ladi. Amerika ham bu jarayonda faol rol o’ynasin. Menimcha, prezident Obama kelasi gal mintaqaga tashrif buyurganida e’tiborni Seul va Tokio orasini yaxshilashga qaratishi lozim,” - deydi olim.

Koreya bilan aloqalarni yaxshilash barobarida Tokio boshqa qo’shnilar bilan ham munosabatlarni mustahkamlashga harakat qilayapti. Bosh vazir Shinzo Abe dekabr oyida Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari uyushmasi (ASEAN) uchrashuviga mezbonlik qildi.

Majlis yakunida qabul qilingan bayonotda davlatlarning dengiz va havoda erkin harakatlanish huquqiga urg’u berilgan. Bu, albatta, Xitoy siyosatiga ishora.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG