Breaking News

Kerri inson huquqlari hisobotini e'lon qildi


Kerri inson huquqlari hisobotini e'lon qildi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:50 0:00

Kerri inson huquqlari hisobotini e'lon qildi

AQSh hukumatining 2014-yilga doir inson huquqlari hisobotida aytilishicha, terror guruhlari, mojarolar, korrupsiya va zaif davlat boshqaruvi inson huquqlarining buzilishiga sabab bo'layotgan omillardir.

"Islomiy davlat" kabi guruhlarning kuchayishi, Misr kabi mamlakatlarda hukumatga qarshi tanqidlarning bostirilishi, Ukraina sharqidagi kabi mojarolarning ko'payishi oqibatida 2014-yil dunyoda inson huquqlari uchun og'ir yil bo'ldi, deydi yillik hisobotni e'lon qilgan AQSh Davlat kotibi Jon Kerri.

“Hisobotning asosiy ma'nosi shuki, qaysi davlat fuqarolarining huquqlari va erkinliklari to'liq ta'minlansa, o'sha davlat gurkiraydi", - deydi Kerri.

AQSh izlanishlariga ko'ra, Yaqin Sharqda "Islomiy davlat" va boshqa radikal guruhlar dahshatli jinoyatlarga qo'l urib, masalan, Iroq va Suriyada gumanitar ofatlarga, millionlab odamlarning uy-joyini tashlab chiqishiga sabab bo'ldi.

Afrikada esa davlat miqyosidagi korrupsiya va zaif boshqaruv "Boko Haram" va al-Shabab kabi ekstremistik guruhlarning kuchayishiga zamin yaratdi.

“Hukumatga ishonch yo'qolganda hosil bo'lgan bo'shliqni xavfli va zararli kuchlar doim to'ldiradi“, - dedi Kerri.

Yevropada ham muammolar bor. AQSh hisobotda Rossiyani matbuot va fuqaro jamiyatini bo'g'ayotganlikda ayblaydi.

Osiyoda esa Xitoy va Tailand inson huquqlarini buzayotgani aytiladi.

Lotin Amerikasida Venesuelaga tanqid toshlari yog'dirildi. Davlat departamenti u yerda hukumat tanqidchilari ta'qib etilayotganini aytadi.

Hisobotda Eron, Eritreya, Efiopiya, Saudiya Arabistoni ham jurnalistlar, bloggerlar, tanqidchilarni nishonga olayotgan davlatlar sifatida tilga olinadi.

Kerri Amerikada irqiy muammolar borligini ham tan oldi.

Inson huquqlari bilan shug'ullanuvchi Human Rights Watch tashkiloti vakili Sara Margon hisobotni olqishladi.

"Unda xolis yondashuvni ko'rish mumkin. Xorij davlatlari rasmiylari hisobotga qarab, muammolarini ko'radi, mas'ul bo'lishga harakat qiladi", - deydi faol.

Kerri notinch mintaqalar ayrim o'zgarishlarni boshdan kechirib, inson huquqlari yaxshilanadi, deya umid qilmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG