Breaking News

Jon Kerri Yamanda sulhga erishiladi degan umidda


Afrika bo'ylab safar qilayotgan bosh diplomat bugun Jibutida. Yamandagi ixtilofdan qochgan yuzlab amerikaliklarga boshpana bergan bu davlat.
Afrika bo'ylab safar qilayotgan bosh diplomat bugun Jibutida. Yamandagi ixtilofdan qochgan yuzlab amerikaliklarga boshpana bergan bu davlat.

Amerika Davlat kotibi Jon Kerri Saudiya Arabistoniga safari paytida urush girdobiga tortilgan Yamanda gumanitar sulh taklifini muhokama qiladi. Afrika bo'ylab safar qilayotgan bosh diplomat bugun Jibutida.

Safari paytida u Yamanga 68 million dollarlik qo'shimcha yordam e'lon qildi. Davlat depatamentining bildirishicha, mablag' notinch Yamanda yegulik, suv, boshpana va boshqa madad muhtoj odamlarga mo'ljallangan.

Saudiya Arabistoni Yamanda qonuniy hukumatni ag'darishga urinayotgan hutiy isyonchilarni havodan o'qqa tutib keladi.

Jibutida paytida Jon Kerri Prezident Ismoil Omar Gulleh va Tashqi ishlar vaziri Mahmud Ali Yusuf bilan ko'rishib, Yamandagi urushdan qochgan yuzlab amerikaliklarga boshpana bergani uchun rahmat aytdi.

Kecha AQSh bosh diplomati beqaror Somaliga borgan edi. Kerri Afrikaning bu ikki davlatiga safar qilgan AQShning ilk davlat kotibi.

Tashrifi paytida rasmiy Jibutidagi Amerika harbiy bazasida ham to'xtaydi. Lemonyer bazasi Qo'shma Shtatlarning Yaqin Sharq va Afrika sharqidagi harbiy amaliyotlarida hal qiluvchi rol o'ynamoqda.

Bugun kechroq Jon Kerri Saudiya Arabistoniga borib, hafta oxirida Fransiyaga yo'l oladi va u yerda mintaqaviy xavfsizlik haqida gaplashib, Ikkinchi Jahon urushi tugashiga doir marosimda qatnashadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG