Breaking News

Misr xorijiy sarmoyadorni mamlakatga qaytarmoqchi

Amerika Davlat kotibi Jon Kerri Misrda, xorijiy sarmoyadorni bu notinch davlatga jalb etishga qaratilgan iqtisodiy sammitda qatnashayapti.

Sinay yarim orolida, Sharm al-Shayx shahridagi uch kunlik anjuman oldidan favqulodda xavfsizlik choralari ko'rilgan. Hududda isyonchilar faol ekani aytiladi.

Sinaydagi qurolli guruhlar "Islomiy davlat" to'dasiga aloqador ekanini da'vo qiladi va 2013-yildan beri Misrda bir necha xurujlarni sodir etgan.

Misr Prezidenti Abdul Fattoh al-Sissiy zo'ravonlikni jilovlay olishini va chet ellik sarmoyador xavfsizligini ta'minlay olishini ko'rsatmoqchi.

Xorijlik investorlar siyosiy beqarorlik sababli mamlakatdan oyog'ini tortgan.

Xalqaro biznes anjumanda yuzlab tadbirkorlar, xususan, Amerika va Yevropa Ittifoqidan vakillar ishtirok etayapti.

Qo'shma Shtatlar Misr hukumatini jangarilarga qarshi kurashda muhim ittifoqchi deb biladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG