Breaking News

Kerri Iordaniya va Saudiya Arabistonida jihodchilar masalasini ko'taradi


AQSh Davlat kotibi Jon Kerri va Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vaziri Saud al-Faysal, Jidda, 27-iyun, 2014-yil
AQSh Davlat kotibi Jon Kerri va Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vaziri Saud al-Faysal, Jidda, 27-iyun, 2014-yil

AQSh Davlat kotibi Jon Kerri bugun Yaqin Sharqda bo’lib, Iroqdagi vaziyat va "Islomiy davlat" dan kelayotgan tahdid xususida ittifoqchi Iordaniya va Saudiya Arabistoni rasmiylari bilan gaplashadi.

Kerrining aytishicha, Qo’shma Shtatlar jihodchilarga qarshi imkon qadar kengroq koalitsiya tuzishga harakat qilmoqda.

"Islomiy davlat" xavfini bartaraf etishda dunyodagi har bir mamlakat o’z hissasini qo’shishi lozim. Ayrimlar harbiy ishtiroki orqali, boshqalar qurol-yarog’, maslahat, anjomlar va mashqlar bilan yordam berishi, kimdir esa gumanitar yordam uzatishi mumkin", - deydi Kerri.

Unga ko’ra, jangarilarning moliya manbalari va kanallarini uzish, Iroq va Suriyaga ketayotgan xorijiy jangarilarning yo’lini to’sish, jihodchilar tashviqotiga qarshi kurashish lozim.

Kerri Iroqda milliy birlik hukumati tuzilganini olqishlab, bu mamlakat uchun, jangarilarga qarshi kurash uchun muhim ekanini bildirdi.

Iroq parlamentidagi siyosiy fraksiyalar bir necha oylik tortishuvlardan so’ng yangi hukumat tarkibiga kelishib oldi. Kechagacha ichki ishlar va mudofaa vazirlari qaysi fraksiya vakili bo’lishi mavhum edi. Kurdlar, sunniylar va shialarning hech biri siyosiy sahnadan chetda qolishni istamadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG