Breaking News

Isroil AQShdan unga bosim qo'ymaslikni so'radi


Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu
Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu
Isroil rahbarlari AQSh davlat kotibi Jon Kerridan ularga Falastin bilan tinchlik bitimi masalasida bosim qo'ymaslikni so'ramoqda. Quddusda Isroil vazirlar mahkamasi majlis qilib, Kerrining "agar Falastin bilan tinchlik muzokaralari samara bermasa, Isroil xalqaro sahnada boykotga uchrashi mumkin" degan gaplarini tanqidga oldi.

Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxuning aytishicha, xalqaro bosim tinchlik muzokaralariga ziyon qilmoqda, chunki Falastin pozitsiyasini kuchaytirmoqda.

Netanyaxu nazarida Isroilga boykot e'lon qilish adolatdan emas.

"Bu - ma'naviysizlik", - dedi u.

Biroq AQSh Davlat departamentiga ko'ra, Kerrining so'zlari noto'g'ri talqin qilinmoqda.

"Qo'shma Shtatlar Isroilga nisbatan har qanday boykotga qarshi. Davlat kotibi boshqa mamlakatlar harakatini nazarda tutgan" deyiladi departament bayonotida.

Yevropa Ittifoqi Isroilning arablardan tortib olgan hududlarda ishlab chiqargan mahsulotlarini boykot qilishini aytib keladi. Qit'aning ayrim mamlakatlari Iordan daryosining g'arbiy sohilida faoliyat yuritayotgan Isroil kompaniyalari bilan hamkorlikni to'xtatgan.

Falastin G'arbiy Sohilni bo'lajak davlatining ajralmas bir qismi deb biladi.

Amerika va Yaqin Sharq - US-Mideast
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:41 0:00
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG