Breaking News

Kerri dovuldan zarar ko'rgan Filippinga qo'shimcha yordam va'da qildi


AQSh davlat kotibi Jon Kerri Filippinning tayfundan eng qattiq zarar ko'rgan Takloban qishlog'ida, 18-dekabr, 2013-yil
AQSh davlat kotibi Jon Kerri Filippinning tayfundan eng qattiq zarar ko'rgan Takloban qishlog'ida, 18-dekabr, 2013-yil
AQSh davlat kotibi Jon Kerri Filippinning o’tgan oy dovuldan eng qattiq zarar ko’rgan uchragan Takloban qishlog’ini ko’zdan kechirib, gumanitar yordam sifatida qo’shimcha 25 million dollar va’da qildi. Bu bilan AQSh Filippinga jami 86 million dollar bergan bo’ladi. Tabiiy ofat oqibatida olti mingdan ziyod odamning yostig’i qurigan.

"Qo’shma Shtatlar do’stlarimizga tiklanish ishlarida yordam berish uchun qo’ldan kelganini qilishga tayyor", - dedi Kerri.

Prezident Beninyo Akinoning aytishicha, hukumat mamlakatni tiklash uchun sakkiz milliard dollar sarflashni rejalamoqda.

Kerri, shuningdek, Filippin harbiy-dengiz kuchlari salohiyatini oshirish hamda janubda musulmon isyonchilarga qarshi kurash uchun AQSh 40 million dollar beradi, dedi.

Vashington Filippin orqali ko’proq askar, samolyot va kemalarini o’tkazish bobida Manila bilan muzokara qilmoqda.

Kecha Kerri Vyetnam poytaxti Xanoyda ham bo’lib, bu davlatga 32 million dollar va’da qildi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG