Breaking News

Jon Kerri Eron bilan erishilgan bitimni himoya qildi


Davlat kotibi Jon Kerri Obama ma’muriyatining Eron bilan yadro dasturi borasida erishilgan bitimni himoya qilayapti.

Amerika bosh diplomati Kongressdan Tehronga qo’shimcha sanksiyalar qo’yishga shoshmaslikni, muzokaraga imkon berishni so’ramoqda. Yil oxirida ta’tilga chiqish oldidan Senat sanksiya haqida o’ylanib qolgan.

Qonunchilar e’tirozi shuki, Eron o’z yadro dasturi haqida xalqaro hamjamiyatni aldab kelgan.

Kerrining aytishicha, yaqinda Jenevada erishilgan murosa Amerika xavfsizligi, umuman, ittifoqchilar xavfsizligi uchun muhim. Bitim amalga oshsa, Eron yadroviy izlanishlarni keskin qisqartiradi, yaqin 10 yilda qo’lga kiritilgan salmoqli yutuq bu, deydi u. Hujjat ijrosi uchun olti oy belgilangan ekan, Kerri Kongressni sanksiyalar haqida hozircha o’ylamaslikka chaqirmoqda.

Vakillar palatasi iyul oyida Tehronni qattiqroq jazolash haqida qonun loyihasini ma’qulladi. Senat hali bir to’xtamga kelmagan.

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Tehronga safar qilib, mamlakat yadro dasturi va Suriyadagi urush haqida gaplashmoqda.

Jenevada imzolagan bitimga ko’ra, Tehron o’z yadroviy tadqiqotlarini qisman muzlatishga rozi va, bunga javoban, G’arb ayrim sanksiyalarni yumshatadi.

Xususan, Eronning avtomobil sanoati, oltin va boshqa qimmatbaho metal savdosi, samolyotsozlik kabi sohalarga qo’yilgan sanksiyalar yumshatiladi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG