AQSh prezidenti Barak Obama va davlat kotibi Jon Kerri Eron yadro faoliyatini cheklashga qaratilgan Jeneva bitimi ahamiyatini tanqidchilarga tushuntirib, ulardan bu siyosatni qo’llab-quvvatlashni so’ramoqda. Tanqidchilarning bir qismi Kongressda bo’lsa, ikkinchisi AQShning eng yaqin ittifoqchisi Isroildir.
Prezident Obama Eron bilan yadro dasturi bo’yicha keng qamrovli bitim imzolanishiga 50 foizga ishonch bor, deydi. Ishonch 100 foiz bo’lmasa-da, Tehronni atom qurolini yaratish yo’lidan qaytarishda diplomatiyadan voz kechmaslik kerak, deydi u.
"Diplomatiya boshqa mavjud choralardan eng samaralisi", - deydi AQSh rahbari.
Obamaning aytishicha, ushbu hujjat Eron yadro dasturining muhim komponentlari ishini to’xtatishga yordam beradi.
"Kelasi olti oy Eron uchun sinov bo’lib, yadro quroli ustida ish olib bormayotganini isbotlashi uchun bir imkoniyatdir. Buni kafolatlovchi yakuniy bitimga Eron qanchalik tayyor ekanini ko’ramiz", - deydi Obama.
AQShning eng yaqin ittifoqchisi Isroil Jeneva bitimini tanqid qilib, hujjat Tehronga yadro qurolini yaratish salohiyatiga to’siq bo’la olmasligini aytgan. Obama Isroildan tashvishlanmaslikni so’radi.
"Mintaqada bizga do’st va ittifoqchi davlatlarga qarshi do’q-po’pisalarga jim qarab turmaymiz. Buni aniq bildirganmiz. Isroil xavfsizligi biz uchun ustuvor masala va ular buni yaxshi tushunadi", - deydi Obama.
Davlat kotibi Jon Kerri nazarida ham Eron bilan yuzaga kelgan yadroviy munozarani diplomatik vositalar orqali hal etgan afzal.
"Yaqinda qabul qilingan bitim shartlari bajarilsa, Isroil yanada xavfsizroq bo’lishiga shubha yo’q", - deydi Kerri.
Davlat kotibi o’tgan hafta Yaqin Sharqda bo’lib, Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu va Falastin prezidenti Mahmud Abbos bilan uchrashdi. Uning aytishicha, AQSh mintaqada tinchlikni o’rnatish ahdidan qaytgani yo’q.
"Tinchlik yo’lida jiddiy siyosiy tavakkalga qo’l urgan mard rahbarlar bor ekan, unga yetishamiz degan umiddaman. Biroq ulardan yanada ko’proq masalalarda yon berish talab qilinadi", - deydi Kerri.
Prezident Obamaning ham Yaqin Sharq tinchlik jarayonidan umidi katta.
"O’ylaymanki, kelasi bir necha oyda Isroil va Falastin olg’a qadam tashlashdan boshqa chora yo’qligiga amin bo’ladi", - deydi Obama.