Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen Un Prezident Trampdan maktub oldi va uni o’rganib chiqmoqda, deya xabar beradi Shimoliy Koreya matbuoti.
Koreya davlat axborot agentligi tarqatgan fotosuratda Kim Chen Un maktubga tikilib turgani ko’rsatilgan. “Ajoyib xabar”, deya Kimning so’zlarini keltiradi agentlik.
Iyun boshida Tramp ham Shimoliy Koreya rahbaridan olgan maktubini “chiroyli”, “iliq” deya ta’riflagan edi. Unda nima yozilgani noma’lum.
Ayni paytda AQSh va Shimoliy Koreya o’rtasida yadroviy muzokaralar to’xtab qolgan. Kim va Tramp bir yildan beri maktub va fotosuratlar almashib turibdi. Har ikkisi munosabatlar iliqligini aytadi. Ammo Shimoliy Koreyani qurolsizlantirish borasida hozircha hech qanday siljish yo’q.
Facebook Forum