Breaking News

Shimoliy Koreya yarashmoqchi, biroq Janubiy Koreya rozi emas


Koreya yarimorolida ziddiyat kuchli ekan, shimol tomon kecha biror shartsiz muzokara boshlashni taklif qilgan edi
Koreya yarimorolida ziddiyat kuchli ekan, shimol tomon kecha biror shartsiz muzokara boshlashni taklif qilgan edi

AQSh va Janubiy Koreya rasmiy Pxenyan murosa yo’lida taklif qilgan tashabbusni rad etgan. Seul nazarida qo’shni davlat xo’jako’rsinga ish qilmoqda.

Koreya yarimorolida ziddiyat kuchli ekan, shimol tomon kecha biror shartsiz muzokara boshlashni taklif qilgan edi. Janubiy Koreya nazarida kommunistik davlat tinchlik istagi samimiy ekanini nafaqat og’izda, balki amalda ham isbotlashi kerak.

Shimoliy Koreyaga ishonish qiyin, deydi janub rasmiylari. Pxenyan yashirincha yadro zavod qurib, xalqaro hamjamiyatni aldagan, rejalarini ochiq aytmagan, deydi Janubiy Koreya Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Kim Yong Sun.

Seulni qo’llab-quvvatlagan AQSh nazarida ham Shimoliy Koreya avvalo yadroviy izlanishlari, ommaviy qirg’in quroli yaratish rejasidan voz kechishi kerak. Shundagina muzokara haqida gapirish mumkin.

O’tgan yilning martida Sariq dengizda Janubiy Koreyaga qarashli kema cho’kib, 46 dengizchi halok bo’lgan edi. Xalqaro tergov xulosasicha, Cheonan kemasini cho’ktirgan – Shimoliy Koreyadir. Biroq Pxenyan buni qat’iyan rad etib keladi.

Noyabr oyida shimol va janub o’q almashib, to’rt kishi halok bo’ldi.

Bu ikki voqeadan keyin Koreya yarimorolida vaziyat g’oyat taranglashgan, hatto urush xavfi yuzaga kelgan.

AQShning maxsus elchisi Stiven Bosvort shu hafta Osiyo bo’ylab safar qilib, Shimoliy Koreyaga nisbatan qanday chora ko’rish xususida gaplashmoqda. Diplomat kecha Pekinda, hafta davomida Tokioda ham bo’ladi.

Qo’shma Shtatlar ikki Koreya imkon qadar tez muzokara stoliga qaytadi degan umidda. Lekin Seulni majburlash niyatimiz yo’q, deydi Stiven Bosvort.

Xitoy Shimoliy Koreyaning yaqin hamkori va uni yoqlab, xalqaro hamjamiyatni yarashishga undamoqda. Pekin taklifi shuki, Pxenyan yadro dasturiga doir olti tomonlama muzokaraga qaytish kerak. Shunda regiondagi taranglik ham yumshaydi.

Shimoliy Koreya 2009 yilda Rossiya, Yaponiya, AQSh, Xitoy va Janubiy Koreyani o’z ichiga olgan bu muzokarani tark etgan va ko’p o’tmay raketa hamda yadro sinovlari o’tkazgan edi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG