Osiyo bo’ylab safarini yakunlayotgan AQSh davlat kotibi Jon Kerri Shimoliy Koreya bilan murosaga xayrixoh ekanini aytmoqda.
Biroq avval Pxenyan yadro qurolini yaratish niyatidan qaytishi kerak, dedi Yaponiya rahbariyati bilan gaplashgan diplomat.
Shimoliy Koreya birinchi rahbari va asoschisi Kim Ir Senning tavalludini nishonlar ekan, odatdagidan farqli harbiy parad o’tkazilmadi. Qo’shni Janubiy Koreya xavotir bilan kutgan raketa sinovlaridan ham darak yo’q.
Ko’rinishidan ziddiyat yumshagan bir vaziyatda Qo’shma Shtatlar bosh diplomati, Osiyoga safar qilayotgan Jon Kerri Pxenyan bilan muzokara haqida gap ochdi. Kerri bugun Tokioda bosh vazir Shinzo Abe bilan uchrashib, bu borada alohida maslahatlashib oldi.
“Shimoliy Koreya bizni diqqat bilan tinglab, o’z xalqining manfaatlari va mintaqa tinchligini o’ylab ish tutadi degan umiddamiz. Pxenyan to’g’ri yo’lni tanlashi va Amerika qiyofasida xolis sherikni qo’lga kiritishi mumkin”, - dedi rasmiy. Ammo oldin kommunistik davlat qator shartlarni bajarishi, xalqaro qonunlar va me’yorlarga amal qilishi kerak bo’ladi.
Amerika rasmiysi, shuningdek, Vashington o’z ittifoqchisi Yaponiyaning mudofaasiga sodiq ekanini ta’kidladi. Avvalroq Shimoliy Koreya AQSh va uning sheriklari Yaponiya va Janubiy Koreyaga hujum qilishini aytib po’pisa qilgan edi.
Pxenyan Amerika va Janubiy Koreyaning qo’shma harbiy mashqlarini o’ziga tahdid deya norozi bo’lib keladi. Vashington va Seulning ishontirishicha, mashqlar faqat mudofaani ko’zlaydi.
Bundan tashqari, Shimoliy Koreya o’tgan yilning dekabri va joriy yilning yanvarida yadro bombasi hamda raketani muvaffaqiyatli sinab, ketidan BMT Xavfsizlik Kengashining qo’shimcha sanksiyasiga uchradi. Bu jazo ham Pxenyanning g’azabini uyg’otgan.
Bu orada Vashingtonda senator Richard Durbin Pxenyan bilan muzokara taklifini olqishlamoqda.
“Davlat kotibi Jon Kerri haq gapni aytdi. Pxenyan bilan kelishib ishlashga rozimiz, lekin u taraf ham keskin bayonotlarni bas qilsin”, - deydi Durbin.
Senator nazarida Koreya yarimorolida ziddiyatni tugatishda shimolning yaqin iqtisodiy ittifoqchisi Xitoy ko’proq hissa qo’shsa maqsadga muvofiq bo’ladi.
“Xitoy mintaqa yetakchisi ekanini namoyish etadigan fursat yetdi. Tinchlik yo’lida hammamiz birga ishlashga tayyormiz. Lekin avval Xitoy Pxenyanga shart qo’ysin, urishqoqlikni bas qilmasa, o’z farovonligi va iqtisodiyoti ziyon ko’rishi aniq”, - deydi AQSh rasmiysi.
Ayrim qonunchilar kommunistik o’lka bilan gaplashishga ro’yixush bermay keladi.
Senator Jon Kornin fikricha, Amerika Kim Chen Un kabi telba rahbarni agressiv xatti-harakati uchun siylamasligi lozim.
Shimoliy Koreyada Kim Ir Senning 101 yillik tavalludi tantana qilinayapti:

Amerika Kim Chen Un kabi telba rahbarni agressiv xatti-harakati uchun siylamasligi lozim.