Shimoliy Koreyaning yosh rahbari Kim Chen Un ilg’or sun’iy yo’ldoshlarni rivojlantirib, kosmosga chiqaramiz, demoqda. Arbob Ishchilar partiyasining markaziy qo’mitasi majlisida so’zlagan. Uning aytishicha, Shimoliy Koreya yadro dasturidan chekinmaydi.
“Yadro quroli programmasi biz uchun siyosiy savdo vositasi emas. Amerika bizga milliardlab dollar yordam bersa ham dasturdan voz kechmaymiz”, - dedi Kim Chen Un.
Shimoliy Koreyaning kecha bildirishicha, Pxenyan qo’shni janub bilan urush holatiga kirgan. Seul va Vashington shimolga qarshi provokatsiya qilgudek bo’lsa, yadroviy qarshilikka uchraydi, deyiladi Shimoliy Koreya bayonotida.
Rasmiy Seul qo’shni davlatni do’q-po’pisalarni bas qilishga chaqirmoqda. Shimol provokatsiyasi jazosiz qolmaydi, deyiladi Janubiy Koreya mudofaa vazirligining javob bayonotida.
Oq uy Pxenyan tahdidlarini jiddiy qabul qilayotganini ma’lum qildi.
Tahlilchilar nazarida Shimoliy Koreyada yadro qurolini raketa bilan uchirish salohiyati hozircha yo’q. Biroq qo’shni davlatlar oddiy qurollar hujumi ehtimolidan ham xavotir olmoqda.