Breaking News

Pxenyan qo’shnilarni qo’rqitib qo’ydi


Janubiy Koreya qo’shni Shimoliy Koreyani urishga qodir yangi raketasini ko'z-ko'z qilgan.
Janubiy Koreya qo’shni Shimoliy Koreyani urishga qodir yangi raketasini ko'z-ko'z qilgan.
Janubiy Koreya qo’shni Shimoliy Koreyaning istagan nuqtasini urishga qodir yangi raketasi borligini aytmoqda. Ikki kun oldin Pxenyan uchinchi bor yadro sinovini o’tkazgach, Seul javob choralarini ko’rmoqda.

Pxenyan qo’shnilarni qo’rqitib qo’ydi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:19 0:00
Yuklab oling

Shimoliy Koreyaning seshanba kungi yadroviy sinovidan keyin Janubiy Koreya armiyasi shay holatga keltirilgan.

Janubiy Koreya Mudofaa vazirligi matbuot kotibi Kim Min Suk yangi raketa ishonchli himoya vositasidir, dedi.

“Aniq nishonga oladigan bu qurol Shimoliy Koreyada harbiy qo’mondonlik idorasining derazasi kabi kichikroq nishonni urishga qodir. Raketa qudratli bo’lib, Janubiy Koreyaga xavf solgan har qanday dushmanni chekinishga majbur qila oladi”, - deydi Kim Min Suk.

Bugun Seulda o’nlab odamlar namoyishga chiqib, xalqaro hamjamiyatni Shimoliy Koreyaga qarshi chora ko’rishga chaqirgan.

Pxenyanda yig’ilgan minglab fuqarolar esa kommunistik davlatning yadroviy yutuqlarini qo’llab-quvvatlagan.

Vashington, o’z navbatida, mintaqadagi ittifoqchilarini xavfsizlik bobida suyab yuborishga va’da bermoqda. Sinov ketidan Yaponiya Qo’shma Shtatlar bilan mudofaaga doir hamkorlik ko’lamini oshirish istagini bildirgan.

AQSh Davlat kotibi Jon Kerri nazarida jahon ahli Pxenyanga jiddiy ogohlantirish berishi kerak.

“Yadro quroli tarqalishining oldini olish uchun astoydil harakat qilib kelayapmiz va Shimoliy Koreya yoki Eron bu mehnatni behurmat qilishiga yo’l qo’yib bo’lmaydi. Hozir qanday javob berishimiz kelgusida ommaviy qirg’in qurolini yo’q qilish yo’lidagi choralarga ta’sir qilishi aniq”, - deydi Kerri.

Davlat kotibining aytishicha, BMT Xavfsizlik Kengashi Shimoliy Koreyani qattiq jazolaydi. Kengash Pxenyanning yadroviy sinovini kuni kecha bir ovozdan qoralagan.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG