Shimoliy Koreya xalqaro e’tirozlarga qaramasdan bugun uchinchi bor yadroviy sinov o’tkazgan. Rasmiy Pxenyanning tushuntirishicha, bu sinov kommunistik davlatga qarshi sanksiyalar ko’lamini oshirish tashabbusi ortida turgan Qo’shma Shtatlarning agressiv siyosatiga javobdir.
Davlat matbuoti xabariga ko’ra, yerosti test paytida avvalgiga qaraganda kichikroq, ammo qudratliroq yadroviy bomba portlatilgan. Jahon hamjamiyati xavotiri shuki, Shimoliy Koreya bomba yasashda tobora ustomon bo’lib borayapti.
Janubiy Koreya o’z armiyasini shay holatga keltirgan. BMT Xavfsizlik Kengashi bugun kun davomida favqulodda yig’ilish o’tkazib, sinov borasida fikr almashadi. Pxenyanning xatti-harakatlari dunyo xavfsizligiga raxna solmoqda, deydi BMT rasmiylari.
BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun Shimoliy Koreya o’tkazgan yadroviy sinovni “g’oyat xavfli” deya ta’riflamoqda. Pxenyan xalqaro sanksiyalarni qo’pol ravishda buzmoqda, deydi u. Amerika prezidenti Barak Obama nazarida ushbu fe’li bilan kommunistik davlat mintaqa barqarorligini izdan chiqarishi aniq, biroq bu bilan Shimoliy Koreya o’z xavfsizligini ta’minlay olmaydi.
Obama keskin jazo choralarini ko’rishga da’vat etmoqda. Pxenyanning yaqin ittifoqchisi Xitoy yadroviy sinovga qarshilik bildirgan. Rasmiy Pekin Shimoliy Koreya atom dasturi atrofidagi ixtilofni muzokaralar yo’li bilan hal qilishga chaqirayapti.
AQSh tomonidan ommaviy qirg’in quroli ustida ishlayotganlikda gumon qilinayotgan Eron ham Pxenyanni tanqid qilmoqda. Davlatlar tinch maqsadda yadroviy izlanishlar o’tkazishga haqli, lekin jahon hamjamiyati barcha ommaviy qirg’in qurollari va yadro qurollaridan qutulishi kerak, deyiladi Eron Tashqi ishlar vazirligi bayonotida.