Amerika diplomati fikricha, Shimoliy Koreya yadro dasturidan voz kechsa, xalqaro hamjamiyat safiga qaytishi, energiya, oziq-ovqat kabi sohalarda madad olishi mumkin.
AQSh Davlat kotibining Shimoliy Koreya bo’yicha mas’ul vakili Glin Deyvis so’zlariga ko’ra, Pxenyan hozirgacha faqat va’dalar bilan cheklanib keldi.
“Qariyb bir yil davomida muzokaralar olib bordik, biroq shimol bergan va’dalarni bajarishning uddasidan chiqa olmadi. Xalqaro hamjamiyat e’tiroziga qaramasdan, fazoga raketa uchirdi, yashirin yer osti yadroviy izlanishlarni davom ettirmoqda”, - dedi diplomat “Amerika Ovozi” Koreys xizmati bilan suhbatda.
Uningcha, Shimoliy Koreya hukumatida tarqoqlik mavjud. Shuncha muzokaradan keyin fazoga raketa uchirib, erishilgan bitimlarni puchga chiqarishni tushunish qiyin, deydi u.
Biroq kommunistik davlat rahbariyati fazoga ob-havo, hosil va o’rmonlarni kuzatuvchi sun’iy yo’ldosh joylamoqchi edik, deya ta’kidlab keladi. G’arb nazarida aslida maqsad yadro quroli tashiydigan raketani sinash bo’lgan.
Shu bois Qo’shma Shtatlar ham bu yo’qsil jamiyatga yordamni, xususan, oziq-ovqat ta’minotini kesishga qaror qilgan.
“Imkoniyatni qo’lda boy berdi bu davlat. Hamkorlikni to’xtatishga qaror qilgani afsuslanarli”, - deydi Deyvis.
Diplomat Shimoliy Koreyani Janubiy Koreya va umuman jahon hamjamiyati bilan aloqarni yaxshilashga da’vat etmoqda. Ikki Koreya 1953-yilda otishmani to'xtatgan, biroq aslida hamon urush holatida.
Rasmiy Pxenyan xalq manfaatlarini o’z manfaatlaridan ustun qo’ya boshlashi, aholi yegulik, ta’lim va boshqalar bilan to’liq ta’minlanishi lozim, deydi u.
Qo’shma Shtatlar kommunistik davlatda huquqiy ahvolni diqqat bilan kuzatmoqda, deya eslatadi Deyvis. Obama ma’muriyati nazarida bu qashshoq davlat qurol-aslaha o’rniga, ta’lim, madaniyat, texnologiya, muhandislik, tibbiyot, qishloq xo’jaligi kabilarga sarmoya kiritishi maqsadga muvofiq.
G’arb xavotir shuki, Pxenyan yadro quroli ustida ishlab, qo’shnilarni vahimaga qo’ymoqda va mintaqada xavfli qurol poygasiga turtki berishi mumkin.
Bu orada, Shimoliy Koreya hukumati 29 yoshli rahbar Kim Chen Un uylangani haqidagi xabarlarni tasdiqlamoqda. Rafiqasi - 27 yoshli Li Sul Chju. Boshqa tafsilotlar ma'lum emas.
Bu xabar avvalgi rahbarlar hayotiga oid rasmiy bayonotlardan farq qiladi, chunki shu paytgacha kommunist mamlakat boshliqlarining shaxsiy hayoti va turmush o'rtoqlari haqida lom-mim deyilmagan.
"Amerika Ovozi" muxbiri Stiv Xermanning Seuldan xabar berishicha, Kim Chen Un shu tariqa ishonchli arbob ekanini namoyish etmoqchi.
"Uning otasi Kim Chen Irning bir necha rafiqasi va hamrohi bo'lgani ma'lum. Yangi rahbar eski tasavvurlardan qutulishga, o'zi mustaqil va kuchli arbob ekanini isbotlashga harakat qilmoqda", - deydi Xerman.