Amerikaning Shimoliy Koreya bo’yicha sobiq diplomati Stiven Bosvort nazarida Obama ma’muriyati bu yopiq davlat bilan gaplashishni uzmasligi kerak.
Shimoliy Koreya shu oy orbitaga raketa uchirishni rejalab, ob-havoni kuzatuvchi yo’ldosh joylashini, buni yurt asoschisi Kim Ir Senning 100 yillik tavalludiga bag’ishlamoqchi ekanini aytadi.
Bosvortning “Amerika Ovozi“ga bildirishicha, Vashington parvozdan maqsad nima bo’lishidan qat’iy nazar kommunistik mamlakat uzoq masofaga raketa uchirishiga hamisha qarshi bo’lgan.“Shimoliy Koreya bu tashabbus raketa sinovi emasligini qanchalik uqtirmasin, Qo’shma Shtatlar ishonishi qiyin. BMT Xavfsizlik Kengashi buni taqiqlaganini Pxenyan unutmasligi kerak”, - deydi Amerika diplomati.
Raketa yerni tark etsa, Vashington Shimoliy Koreyaga gumanitar madad, oziq-ovqat uzatishni to’xtatadi.