Breaking News

AQSh va Shimoliy Koreya gumanitar yordam xususida gaplashdi


AQShning Shimoliy Koreya bo'yicha maxsus vakili Robert King (chapda) Pekindagi uchrashuvdan keyin, 8-mart, 2012-yil
AQShning Shimoliy Koreya bo'yicha maxsus vakili Robert King (chapda) Pekindagi uchrashuvdan keyin, 8-mart, 2012-yil

Shimoliy Koreya oziq-ovqat evaziga atom dasturini vaqtinchalik to'xtatishga rozi ekan, AQSh diplomatlari bu davlat rasmiylari bilan Pekinda masala bo'yicha ikki kun muloqot qilgan.

AQSh muzokarachisi Robert Kingning aytishicha, gap Shimoliy Koreyani 240 ming tonna favqulodda yordam bilan ta'minlash haqida ketmoqda.

"Uchrashuv samarali bo'ldi. Endi Vashingtonga qaytib, natijasi bo'yicha hisobot beramiz", - deydi diplomat.

Qo'shma Shtatlar gumanitar yordam muhtojlarga yetib borishini ta'minlamoqchi. Ba'zi xabarlarga ko'ra, o'tmishda AQSh ajratayotgan oziq-ovqat aholiga yetib bormasdan, Shimoliy Koreya rasmiylari qo'liga tushgan va yordam pullangan.

Oziq-ovqat evaziga rasmiy Pxenyan uran boyitishni va raketa sinovlarini to'xtatishga so'z bergan. Shimoliy Koreya 2009-yilda olti tomonlama muzokaralardan chiqqach, Qo'shma Shtatlar yordamni to'xtatgan edi.

So'nggi yillarda toshqinlar va yomon hosil tufayli Shimoliy Koreya oziq-ovqat taqchilligiga va hatto ocharchilikka uchragan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG