Janubiy Koreya va Amerika yillik harbiy mashqlar o’rkazsa, Shimoliy Koreya qo’shni davlatga qarshi urush ochmoqchi.
AQSh bilan qo’shma mashg’ulotlar bu yarimorol xavfsizligiga raxna soladi, deyiladi Pxenyan chiqargan ogohlantirish bayonotida.
Amerika yadroviy qurollar ustidan monopoliyaga ega emas va Pxenyan AQShdan ham qudratliroq vositalarga ega, deyiladi bayonotda.
Janubiy Koreya va Amerikaning minglab sonli kuchlari 27-fevraldan 30-aprelgacha ikki turdagi mashg’ulotlar o’tkazadi.
Bu yillik, muntazam mashqlar, deydi Vashington va Seul rasmiylari. Pxenyan ogohlantirishiga ularga javob bermayapti.