O’tgan hafta Kurdiston Ishchilar partiyasining hibsdagi yetakchisi Abdulloh O’jalan Anqarani o’z va’dasining ustidan chiqmaganlikda aybladi. Bir necha oy muqaddam Turkiya Bosh vaziri Rajab Toyyib Erdog’an va kurd isyonchilari o’rtasida tinchlik sulhi tuzilgan edi. So’nggi yangiliklarga ko’ra, uzoq yillik qonli to’qnashuvlarga chek qo’yishi kutilgan kelishuvning silliq amalga oshishi imkonsizdek ko’rinmoqda.
Kurd siyosatchilari hamda isyonchilariga ko’ra, Erdog’an tashabbusi bilan amalga oshgan sulh tomonlar kutgan samarani bermayapti.
Ammo Bryusseldagi Karnegi institutida tadqiqot olib borayotgan Sinen Ulgenning aytishicha, har ikki tomon ham yana urush domiga tortilishni istamaydi.
“Yarashuv bitimining buzilishiga hech bir tomon sababchi bo’lishni istamaydi. Shuning uchun sulhni buzib yana qo’lga qurol olish haqidagi chaqiriqlarga hech kimning quloq solgisi kelmayapti”, - deydi u.
Tinchlik hukumatdagi partiyaga ham, kurdlar manfaatini himoya qiluvchi Tinchlik va demokratiya partiyasiga ham birdek muhim. Chunki ular kelasi yilgi saylovda, asosan, kurdlar yashaydigan janubi-sharqiy hududlarni boy berishni istamaydi.
Kurd masalalari bo’yicha ekspert Kadri Gurselning aytishicha, hozirgi jarayonning qanday nihoya topishida saylovlar katta ahamiyatga ega.
“Ular uchun mahalliy saylovlar juda muhim. Shuning uchun hududda noqulay vaziyat yuzaga kelib, faol saylov kampaniyasi olib borishlari uchun to’siqlar yuzaga kelishini istashmaydi”, - deydi u.
Suriyadagi mojaro ham Turkiyaga o’z ta’sirini o’tkazyapti. Chunki har ikki mamlakatning salmoqli kurd aholisi bir-biri bilan tarixiy va madaniy rishtalarga ega.
Suriyaning Turkiya chegarasiga yaqin hududlarini Kurdiston ishchilar partiyasiga yaqin Demokratik ittifoq partiyasi o’z nazorati ostiga olgani aytiladi.
Ammo al-Qoidaga aloqador jihodchi guruhlar mintaqa nazorati uchun kurdlarga qarshi kurash olib bormoqda.
Ayni paytda Demokratik Ittifoq partiyasi Turkiyani al-Qoidani qo’llab-quvvatayotganlikda ayblaydi. Anqara esa bu ayblovlarni rad etib, Suriya bilan chegarasini yopib qo’ydi. Bu esa oddiy odamlar hayotini yanada qiyinlashtirmoqda, deydi faollar.
Suriya mojarosiga mahalliy kurdlar ham tobora tortilib bormoqda. Ular Turkiyadagi kurd isyonchilarining ham Anqaraga qarshi yangi front ochib, ularga ko’mak berishini umid qilmoqda. Kurdiston ishchlar partiyasining bu fitnaga uchishi qiyin, ammo Anqara ehtiyot chorasini ko’rishi kerak, deydi tahlilchi Gursel.
“Agar Turkiya Suriya ichiga kirib borishdan o’zini to’xtata olmasa, mojaro Turk-kurd tinchlik muzokaralarini buzib tashlashi mumkin”, - deydi u.
Hozirda tinchlik muzokaralari bir joyda to’xtab qolgandek. Isyonchilar va Anqara o’rtasidagi oson bo’lmagan tinchlikning saqlanib turishiga, aslida, mintaqadagi notinchlikning o’zi sabab, deb hisoblovchilar ham bor. Ammo bu notinchlikning kuchayib borishidan tinchlik emas, ko’proq urush hidi keladi.